Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
Hasanali otamiz ham bor edi», deb yodlasalar, yaxshiliq bilan eslasalar yetar menga 
shu». 
Tunlar uzoq, tongni otdirib, Otabekni quvondi-rishg‘acha sabr chidamas, ko‘z 
yumishg‘a haligidek xayol-lar mone’ bo‘lar edilar. Shu yo‘sun yarim uyqu holatda tongni 
otdirib so‘yintirish soatlari ham yetdi. 
Choydan keyin hujrasiga chiqib ketkan Hasanali qo‘ltug‘ida bir narsa bilan kirib bek 
qarshisig‘a o‘lturdi. Otabekdagi sukut, xayol, fikr kabi holatlarni yulib, yulqib olib, ular 
o‘rniga chechak donalari ekib, umid suvlari sepmakchi edi. Hasanali: 
— Endi muborak bo‘lsin sizga, — dedi. 
Otabek tushunolmay Hasanaliga qaradi. Hasanali iljaygan ko‘yi qo‘ltug‘idag‘i zarrin 
choponni olib sandal ustiga qo‘ydi. 
— Bu qanday chopon? — deb so‘radi bek. 
— Muborak bo‘lsin, dedim-ku. 
— Nima muborak bo‘lsin? 
— Sizga iffatlik va sevimlik rafiqa bilan qutidordek qayin ota, Hasanaliga kelin. 
Otabek qiziq holatda qoldi: bir turlik titrab ketdi, ko‘zlari qinidan chiqar darajaga 
yetdi. G‘ayri-ixtiyoriy qo‘zg‘alib o‘lturgandan keyin so‘radi: 
— Bu nima degan so‘zingiz? 
— Nima deganimni so‘ramangiz va deganimga ishonaberingiz, — dedi kulib Hasanali
— men sizni qutidorning qiziga uylandirishka qaror qilib, qarorimni ham bu kun kechasi 
Ziyo shohichi bilan amalga oshirdim... ya’ni qutidorning qizig‘a sizning uchun unashib 
keldik. 
Otabek gangib shoshib so‘radi: 
— Qaysi qizig‘a unashib keldingiz? 
— Qutidorning yolg‘iz qizig‘a, — dedi Hasanali, — bundan xotirjam’ bo‘lingiz, bek. 
Ziyo shohichi ertalabki choyni ichib borarman degan edi, biz uning bilan hali to‘y 
kengashlarini qilamiz. 
Otabek tusida xursand va xafaligi majhul bir holat bor edi. Unashish masalasiga 
qarshi tushmaganidek, so‘yinchini ham oshkor qilmadi... 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin