Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
yangalar kuyav so‘radilar. Ikki yoshg‘a muhabbatlik umr so‘rab fotiha o‘qilg‘andan so‘ng 
Otabek ichkariga uzatildi. 
Hasanali mehmonxona ayvonida bekni kutib turar edi: 
— Endi kuyavlik muborak bo‘lsin, begim? 
— Qutlug‘ bo‘lsin. 
Hasanali boshdan-oyoq bekni kuzatdi, otaliq muhab-bati bilan bekning orqasini siladi 
va yoshli ko‘zlari bilan duo qilib unga ruxsat berdi. Otabek yangalar kutib turg‘an tarafka 
yurdi. Ul hozir qiziq holatda edi: bu nima gap, tushimi, o‘ngimi, nima gaplar o‘tib, 
nimalar bo‘lmoqda, bo‘lib turg‘an ish haqiqatmi? 
Biz ichkariga kiramiz: havlining ikki tomoni to Kumushbibining uyigacha qator kuyav 
kutkan xotinlar, bola-chaqalar bilan to‘lg‘an. Ba’zan kutkuchi xotinlar-ning qo‘lida yonib 
turg‘an sham’, kuyav tushadirgan uy to‘y mollari bilan juda ham bejalgan. Yuqorida 
yozilib o‘tilgan qutidor  uyining aksar jihozlari shu uyga, Kumush qiz uyiga ko‘chirilgan. 
Bir bulargina emas xotin-qizlar qo‘li bilan chatib ishlangan turlik ziynat chodirlari bilan 
ham bejalgan, shipda katta qandil, qandilda o‘ttuzlab sham’lar yonib uyni sirlik bir 
holatka qo‘yadirlar. Burchakda qizlar majlisida ko‘rilgan oq kiyim-lar bilan Kumushbibi 
turadir... Uning husni bejalgan uyning oqlari, ko‘klari, sariqlari va qizillari bilan tovlanib 
xayoliy bir siymoda... Ko‘z yoshlarini oquzib yangasi-ning so‘ziga quloq osmaydir. 
Tashqaridan eshitilgan «kuyav! kuyav!» so‘zi bilan tag‘in ham uning ko‘z yoshisi 
ko‘payib tusi ham o‘zgardi. Yangasi Kumushni shu holda qoldirib o‘zi yugirganicha 
eshikka chiqdi. Kuyav kelar edi: ikki tomonni sirib olg‘an xotin-qizlar o‘rtasidan Otabek 
kelar edi. Uning ketidan Oftob oyimning egachisi  isiriq tutatar edi. Xotinlar qo‘llarida 
sham’ bilan unga qarar va kuzatib qolur edilar. Kuyav uyning yonig‘a yetdi. Uning yuzi 
uyatidan juda qizarg‘an, qochqali joy topolmas edi. Shu kezda uyning eshigi ochildi-da, 
yanga tomonidan qarshilandi. 
— Kiringiz, bek. 
Otabekning yurak urishi ehtimol yangasiga ham eshitilar edi... Otabek uyga kirgandan 
keyin yangasi tashqari chiqib, eshikni o‘zi ko‘rarlik qiya qilib yopdi... Uyning to‘rida 
yonini Otabekka berib ro‘ymolining uchini tugibmi, yirtibmi Kumushbibi turadir va kim 
keldi, deb yonig‘a qaramaydir. Ro‘ymol tugish bilan mashg‘ul latif qo‘llarni chet qo‘l kelib 
siqdi: 
— Jonim! 
Kumushbibi begona qo‘ldan seskandi va qo‘llarini qutqazmoqqa tirishib: 
— Ushlamangiz, — dedi ham siquvchi qo‘ldan quti-lish uchun orqag‘a tislandi. 
Titrag‘an va qovjirag‘an bir tovushda: 
— Nega  qochasiz? Nega qaramaysiz? — dedi bek. Kumushbibi shu choqg‘acha 
qaramag‘an va qarashni ham tilamagan edi. Majburiyat ostida, yov qarashi bilan 
sekingina dushmaniga qaradi... Shu qarashda bir muncha vaqt qotib qoldi. Shundan 
keyin bir necha qadam bosib Otabekning pinjiga yaqin keldi va esankiragan, 
hayajonlang‘an bir tovush bilan so‘radi: 
— Siz o‘shami? 
— Men o‘sha, — dedi bek. Ikkisi ham bir-birisiga beixtiyor termulishib qoldilar. 
Kumushbibi og‘ir tin olib: 
— Ko‘zlarimga ishonmayman, — dedi. 
Otabek ko‘zlarini to‘ldirib qarab: 
— Men ham, — dedi. 
Shu vaqt ikki lab o‘z-o‘zidan bir-birisiga qovishdi... Kichkina nozik qo‘llar yelka ustiga, 
kuchlik qo‘llar qo‘ltiq ostig‘a yopishtilar. 
Kumushbibi Otabekning yuziga uzoq tikilib turdi-da: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin