Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
— Ilohi shunday bo‘lsin-da. 
— Bo‘ladi-bo‘ladi, — dedi kulib xotin, — shoshmachi, Oftob. Agar qizing men 
aytkandek o‘zgarib ketsa menga nima berar eding? 
— Sizga bosh-oyog‘ kiyim. 
— So‘zingdan qaytma, Oftob. Pechak guldek bo‘lib eriga chirmashqanini ko‘rarmiz 
hali, xudo ko‘rsatsa, bor, o‘ynab-kulib mehmonlaringni kut!.. 
Shundan keyin ikavi donxonadan chiqib xotinlar orasig‘a kirdi. 
 
*  *  * 
Qizlar majlisi — gullar, lolalar, to‘tilar, qumrilar majlisi! Bu uyda — Kumushbibining 
tog‘asining uyida qizlar majlisi, gullar majlisi! 
Bu uyga o‘ttuz-qirq chamaliq qizlar yig‘ilg‘anlar, yig‘ilishdan maqsad: qizlar o‘zlarining 
eng latif, eng go‘zal bir a’zolarini bu kun xotinliq olamiga uzatmoq-chidirlar. Bu uzatish 
majlisini jonlik, ruhlik o‘tkazmak uchun barcha qizlar o‘zlarining eng asil, eng nafis ki-
yimlarini kiyib, favqulodda yasanib, husn olamini yana bir qat, yana bir qayta 
bejabdirlar. Agar bu uyga kirib, bu majlis a’zolarini bir martaba ko‘zdan kechirsangiz, 
hozirdanoq aytib qo‘yish mumkin-ki, albatta esingiz chiqib ketar: 
— Bu gulmi, ko‘hlik? Yo‘q narigisi! Undan ko‘ra bunisi! Barisidan ham o‘ttasi!.. Ana 
shunday qilib esdan ham ajrarsiz, gul tanlashda bir qarorg‘a kelalmay el ichida kulgiga 
ham qolursiz, rasvo ham bo‘lursiz. 
Mana, majlis a’zolari shunaqangg‘i bir-biravidan o‘toq malaklar, parilar edilar. 
Majlisning shoirlari, o‘yinchilari, childirma va dutorchilari — barchasi ham hozir bo‘lib 
faqat Kumushbibigina hammomdan qaytmag‘an edi. Shuning uchun majlis ochilmag‘an, 
ochilsa ham ruhsizroq, Kumush kelgach, majliska ruh kirishiga barcha ishonadir va uni 
to‘zimsizlanib kutadir. 
Kimdir, oradan bittasi «kelishdi!» deb yubordi. Barcha qizlar uyning darichasi yonig‘a 
uymalashib havlig‘a qaradilar. Chindan ham ul yonida ikki yangasi bilan kelgan edi. Shu 
choqda bizga Otabek kerak edi! Nega desangiz, ul kelsin edi-da, suyganini bir ko‘rsin 
edi: hammom bilan ul... faqat jong‘ina so‘raydir, majruh ko‘kslarga o‘qqina otadir... 
Boshdag‘i oq shohi ro‘ymol, ichdagi oq shohi ko‘ynak, ustdagi oq kumush zarrin siril-gan 
po‘stin, baqbaqalarni o‘rab o‘pib turg‘an yoqa qunduzlarining kelishkani, solinib tushkan 
qora jinggila sochlarning bo‘yin tevaragiga chirmashqani, xom nuqra yuzlarning 
bo‘g‘riqqani... 
Yangalar Kumushni havlidan turib qizlarg‘a topshirdilar: 
— Mana Kumushbibi — sizlarga, qizlar! Kumushning ko‘nglini yaxshilab ochinglar
qizlar! 
Ikki-uch qiz chopib havlig‘a tushdilar-da, Kumushbibidan paranjini olib uyga 
boshladilar. Yangalar Kumushni qizlarg‘a topshirib ketdilar. Havli er va xotindan bo‘sh, 
yolg‘iz qizlarg‘agina xoslanib qoldi. 
Kumushbibi boshlag‘uchi qizlar bilan uyga kirdi, undan ongqan atir islari bilan uy 
to‘ldi. Qizlar o‘zlari-ning bir turlikkina so‘zlashishlari bilan Kumush ila ko‘risha 
boshladilar: 
— Esonmisiz, sarupolar muborak? 
Kumushbibining qizlarg‘a bergan javobi eshitilar-eshitilmaslik edi: 
— Qutlug‘... 
Kumushbibi uyning to‘riga o‘tquzildi. Qizlar uyning tevaragiga o‘lturishib olg‘andan 
keyin orag‘a nima uchundir bir jimjitlik kirdi. Qizlar ma’nolik qilib yer ostidan Kumushka 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin