Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
qaraydirlar. Majlisda bir xil ma’yusi-yat. Qizlar nimani o‘ylaydirlar va nima to‘g‘risida 
ma’yuslanadirlar, bu ersa qizlarning bizga noma’lum bo‘lg‘an ichki sirlaridir. 
Qizlar ipka chizilg‘an guldek uy tevaragini olg‘anlar, buning ustiga yovoshliq, 
o‘ychanliq ularning tuslariga ma’naviy bir husn va jiddiyat berib, birga yuz husn 
qo‘shqan edi. Agar biz shu kezda zarshunosliq uchun yeng shimarsak, ya’ni gulni guldan 
ajratadurg‘an bo‘lsaq boyag‘idek esankirab, mutaraddid qolmaymiz, chunki Kumushbibi 
lolalar isidagi bir gul va yo yulduzlar orasidag‘i to‘lg‘an oy edi. 
Orada hamon boyag‘i jimjitlik hukm surar edi. 
Har bir majlisning jonlandirg‘uchi, idora qilg‘uchi bir-ikki qahramoni bor bo‘lganidek, 
bu qizlar majlisi ham shunday qahramonlardan holi emas edi. Majlisni bunchalik 
ruhsizlanib, ma’yusiyat ichida qolishig‘a Gulsinbibi chidab turolmadi: 
— Biz nima uchun yig‘ildiq-da, nimaga yer chizishib o‘lturamiz! — dedi. — Biz bu 
yerga aza ochqali keldikmi? 
Gulsinning yonig‘a Xonimbibi qo‘shilishdi: 
— Ko‘b o‘ylashmang, o‘rtoqlar! — dedi, — baribir bu gap hammamizning ham 
boshimizda bor! Tur Savra! Havlig‘a olov yoqib childirmangni qizit! Anorgul, sen 
dutoringni ol! Kumushbibi, siz uncha xayol surmang kulib o‘lturing. Baribir ertaga joysiz 
chekkan qayg‘in-gizdan o‘kinarsiz! — dedi-da, majlisni ost-ust kuldirib yubordi. 
Kumushbibi ham ixtiyorlik, ixtiyorsiz bu kulgulikka tortilib, uning yovoshqina iljayishidan 
yoqutdek lablari ostidagi sadaf kabi oq tishlari bir oz ko‘rinib qo‘ydilar. 
Shu gapdan keyin majliska kutilmagan bir ruh kirdi. Anorgulning qo‘lidag‘i dutor 
«O‘rtoqlar» kuyini tanlarga larza berib, tarona qildi. Xonimbibi qizlarg‘a qistatib 
o‘lturmay o‘rnidan sakrab turdi-da, o‘ynab ham ketdi. Dutor yonig‘a childirmaning 
chertmagi kelib qo‘shilg‘andan keyin bazm tag‘in ham jonlandi. Chapaklar ham ko‘tarildi. 
O‘yin qizib borar edi, uning daricha eshiklari beklanib toqchalarg‘a sham’ yoqil-g‘andan 
so‘ng, bazmning ruhi yana oshdi. Yel bilan o‘ynashib yong‘an sham’ nuri qizlarni 
allaqanday ajib holatka qo‘ymoqda, majlis ersa «Alif laylo» hikoyala-ridagi «parilar» 
bazmini xotirlatmoqda edi. Dutor «Ifor» kuyini chalib, childirma ham nozik yo‘l bilan 
unga qo‘shilisha bordi. O‘yin ham bir turlik nazokat kasb etib, Gulsinbibi yo‘rg‘alay ketdi. 
Dutor ko‘ngilning allaqanday ingichka joyini qitiqlaydir, childirma yurakni nimagadir 
oshiqdirib, Gulsin qizning yo‘rg‘alashi borliq a’zoni zirillatadir.  Bazm juda qiziq, juda 
ko‘ngillik edi. 
Kumushbibini ham bu qiziq bazmdan boshqalardek hissa oladir, so‘yinib quvonadir, 
deb o‘ylanmasin, chunki vujudi qizlar bazmi ichida bo‘lsa ham xayoli allaqa-yoqlarda 
uchib yurgandek, ko‘zlari o‘ynag‘uchi qizlarda bo‘lsa ham, ammo haqiqatda boshqa bir 
narsani ko‘rgandek... Ko‘rinishdan natija chiqarib aytkanda, bu qiziq majlis uning uchun 
bazm o‘rnini emas, aza joyini tutqandek... 
Ikki soatlik qiziq bir bazmdan so‘ng qizlar charchadilar-da, o‘yinni to‘xtatdilar. Gulsin 
bilan Xonimbibi endi dutor bilan qo‘shiqqa o‘lturdilar. Gulsin o‘zining qo‘ng‘uroqdek 
tovshi bilan «Yig‘larman» kuyidan boshladi: 
 
O‘rtoqlarim, qo‘lg‘a olsam torimni, 
Beixtiyor yodlaydirman yorimni! 
 
Ikkinchi qaytarib aytishda unga Xonimbibi qo‘shilishdi. Bir turlik, bir ohanglik nafis, 
musiqaviy tovushlar kishining borliq vujudiga, qon tomirlarig‘a ajoyib bir o‘zgarish 
bergan edilar. Shu choqqacha mo‘ltayib, xayol ichida sho‘ng‘ib o‘lturg‘an Kumushbibi bir 
seskandi-da, qo‘shiqchi qizlarg‘a qaradi. 
Qizlar ikkinchi baytka o‘tdilar: 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin