Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
sipohlari tomonidan muhosara holatida ekanligi to‘g‘risidagi xabarlar kelib turmoqda edi. 
Hasanali bu gaplardan xabarsiz emas, Toshkandga kirib olishning qay daraja qo‘rqunch 
bo‘lg‘anlig‘i ham uning ko‘z o‘ngida edi. Ish shundog‘ bo‘lsa ham ul Toshkand jo‘nash 
uchun o‘zida bir majburiyat his etar, najot yo‘llarini endi Toshkanddan izlamasa boshqa 
chora yo‘q edi. Qarorni shunga berib, bu fikrini Kumush bilan Oftob oyimg‘a so‘zladi. 
Ularda epaqalik bir miya, Ha-sanaliga yo‘l ko‘rsatadirg‘an ixtiyor qolmag‘an, topqanlari 
faqat yig‘i edi. Hasanalining «Siz bilan manim qo‘llarimizdan bir ish chiqadirg‘an 
o‘xshamaydir. Nima bo‘lsa ham men Toshkand borib, najotni o‘sha yerdan izlamasam 
bo‘lmas», deyishiga qarshi Kumushbibi bir xil siniq tovushda: 
— Marg‘ilondan topilmag‘an najot Toshkanddan topilsinmi? — dedi. 
— Biz endi shunga majburmiz, qizim, — dedi Hasanali, — qayin otangiz ehtimol 
buning birar chorasini topar. 
— Biz endi shunday qolaberamizmi, agar zolimlar...— dedi-da Kumush so‘zining 
oxirini aytalmay o‘krab yubordi. Hasanali ham o‘zini kuch hol bilan yig‘idan bosar ekan, 
Kumushni yupatdi: 
— Unday bo‘lmag‘ir xayollarga tushmang, qizim, — dedi, — qushbegi boshqalarg‘a 
qarag‘anda insoflik hokimdir. Xudo xohlasa, men Toshkanddan qaytquncha ular ham 
zindondan qutilurlar. 
Bu kun kechasi ul yo‘l tayyorliqlarini ko‘rdi. Minib ketishi uchun qutidorning saman 
yo‘rg‘asini belguladi. Ertasi ertalab Marg‘ilonning Qo‘qon darbozasidan bi-rinchi galda 
chiqg‘uchi Hasanali bo‘ldi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin