Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
— Ikkinchi o‘lturish Ziyo akanikidan ikki kun so‘ng qutidornikida bo‘ldi. Bu majlisda 
ham o‘sha birinchidagi kishilar edilar. Yolg‘iz Homid yo‘q edi. 
— Tag‘in qayerda o‘lturishdingiz? 
— Boshqa joyda o‘lturishmadik... Mundan yigirma kundan keyin to‘y bo‘ldi. To‘yda 
albatta bunday so‘zlar gapurishilmaydir. 
— Ikkinchi majlisingizda kim hali, Homid dedingmi, nega yo‘q edi? 
— Bilmadim, nega yo‘q edi... Qutidor aytmagan bo‘lsa kerak. 
— Qamalg‘uchilar: Otabek, qutidor, Ziyo aka, Rahmat, shundog‘mi? 
— Shundog‘, hoji. 
— Seni ham qo‘rboshi yigitlari qidirdilar? 
— Qidirdilar. 
— Akram hoji Andijon ketkan edi. Shuning uchun uni topolmadilar, shundog‘mi? 
— Shundog‘. 
— Homidni-chi? 
— Uni qidirmadilar shekillik... Otabek qamal-g‘andan so‘ng alla qayerda ko‘rgandek 
bo‘laman. 
— Bizga kelin bo‘lmishni, go‘zal, dedingmi? 
— Ilohi Otabek salomat qutilsin, muhabbat qo‘yg‘anicha bor... 
— Kelinning suluvligi Marg‘ilonda ma’lum ekan-mi? 
— Ma’lum ekan, tillarda doston ekan. 
— Homid uylangan yigitmi, bildingmi? 
— Uylangan. Bizning hujraga kelganda, ikki xotini borlig‘ini o‘z og‘zidan eshitkan edik. 
— Homid sizning hujraga nima uchun kelgan edi? — deb so‘radi hoji, — nega buni 
boya so‘zlamagan eding? 
— Esimdan chiqibdir, — deb uzr aytdi Hasan, — Homid Rahmat bilan birga Otabekni 
Ziyo akanikiga taklif qilg‘ali kelgan edi va biz ularga osh-suv qilib jo‘natqan edik. Ammo 
ularning unday-bunday so‘zlari bo‘lmag‘an, to‘g‘rilikcha kelib ketkan edilar. 
— Yaxshi, o‘sha Homidni sen qanday odam, deb o‘ylaysan? 
— Qo‘lansa so‘zlik, ichi qoraroq bir yigit edi, — dedi Hasanali, bir oz borg‘ach so‘radi. 
— Otabekning ishini og‘ir, deb o‘ylamassiz? 
Hoji javob bermadi. Ul javob bergali ham qo‘rqar edi. Uningcha ish juda nozik, 
g‘oyatda qo‘rqunch edi. Chunki, Marg‘ilon zindonida yotguchi qipchoq dushmani bo‘lg‘an 
Azizbek otalig‘ining o‘g‘li edi. Toshkandning isyon chiqarg‘an bir zamonida Otabekdek bir 
yigitning Marg‘ilonda qanday gunoh bilan bo‘lsa-bo‘lsin ushlanishi har jihatdan ham 
mudhish edi. 
Ul o‘g‘lining qutilishi yo‘lida har bir mulohaza ko‘chasiga kirib chiqmoqda, ammo har 
birisidan ham bo‘sh va umidsiz qaytmoqda edi. Eng so‘ng o‘g‘lig‘a hujum qilg‘an bu 
falokatning tadbiridan aqli ojiz qoldi, miyasi ishlashdan to‘xtadi va shundan so‘ng — 
«Parvar-digoro, keksaygan kunlarimda dog‘ini ko‘rsatma», dedi va ko‘z yoshlari bilan 
soqolini yuvdi. 
— Hasanali, zinhor uning qamalg‘anini onasi bilmasin. 
— Albatta. 
Shundan so‘ng otlarini yetaklashib ichkariga kir-dilar. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin