Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
Lekin bu gap qayin onag‘a yoqmadi, e’tiroz qildi: 
— Nega undog‘ deysan, bola. O‘rindan turib choy berish odamzodning ziynatidir, 
kelinlarning bor-yo‘g‘i kelinligi ham shunda-ku! 
— Sizning uchun ham o‘lturib choy bersin, demayman; ammo bu takallufning menga 
keragi yo‘q, — dedi va qo‘lidag‘i choyni tez-tez ichib bo‘shatdi. Fotiha o‘qub o‘rnidan 
turar ekan: — Albatta, sizga o‘rnidan turib choy berishi lozim... — dedi va chiqdi. Bu 
gapni Zaynab chinga hisoblag‘ani uchun boshqa narsa payqamag‘an, ammo O‘zbek oyim 
bo‘zarib qolib darav esiga hindining jodusi kelib tushkan edi. 
Shu o‘lturishdan bir soatcha keyin O‘zbek oyim uyni xolilatib Hasanalini o‘z oldig‘a 
chaqirtirib kirdi. Hasanali bu chaqirtiriqdan bir narsa ham sezmagan, chunki, 
xo‘jabekasining ichki sirriga uncha oshno emas; charlar maslahatidir, deb o‘ylamoqda 
edi. O‘zbek oyim uyning eshigini beklab keldi-da, Hasanalining yaqin-rog‘ig‘a o‘lturdi va 
yarim tovush bilan muddaoni ocha boshladi. 
— Endi ish Toshkand domlalari bilan bitaturg‘anga o‘xshamaydi... O‘ylab qarasam, 
Marg‘ilonliqning domlasi hindi ekan. Shuning uchun noiloj sani oldimg‘a chaqirtirdim. 
San ham odamsumon gapimga tushunib, bu to‘g‘rida aqling yetkancha zehningni 
yugirtirgin... O‘zingga ma’lumki, kundan-kunga marg‘ilonliqni unutish o‘rniga har soat 
unga esi boradir. Bu hollarning barchasi o‘sha hindining jodusidan bo‘lib, muakkillar 
Otabekning bo‘ynidan sirtmoq solib Marg‘ilong‘a tortadirlar... 
Hasanali xo‘jabekasining ko‘bdan beri domlaxo‘ja bilan sargardon bo‘lib yurishini 
bilsa-da, ammo uning «hindi, sirtmoq solib tortish» kabi so‘zlariga tushunmadi. 
Bekasining fe’li xo‘yini yaxshi bilgani uchun, ya’ni uning qarg‘ashidan qo‘rqib 
tushunmaganligini bildirmadi-da, «qani gapning tegi qaerg‘a borar ekan», deb jim, quloq 
solg‘an bo‘lib o‘ltura bedi. Ammo O‘zbek oyim so‘zini haligi yerda to‘xtatib: «San shunga 
nima kengash berasan?» degan savolni berdi. 
— Men nima der edim... Siz nimani ma’qul ko‘rsangiz shuda, — dedi. Hasanalining 
tushunmaslik orqasida bergan bu javobi O‘zbek oyimg‘a nihoyatda yotishib keldi: 
— Barakalla, Hasan. Ana shuning ilojini o‘zing qilasan. 
— Yaxshi... 
— Erta-indin charlar bo‘lib o‘tsa, albatta Otabek Marg‘ilong‘a yugiradir. Shu vaqtda 
san ham bir narsani bahona qilib birga Marg‘ilon borasan-da, qaerdan bo‘lsa ham o‘sha 
hindini topasan va nazrini berib yaxshilab qaytartiriq qildirasan... 
— Kimni? 
— Kimni bo‘lar edi, Otabekni-da. 
— Nega? 
— Tushunmadingmi? 
— Tushunish bo‘lsa — tushundim... Shunchaki aniqlab olmoqchiman-da. 
— Marg‘ilonliq-ku Otabekni hindi domladan o‘ziga bog‘latib qo‘yibdir. Ana shuni san 
ham payqab yurgandirsan-ku? 
— Payqamag‘an bo‘lsam ham ammo maqsadingizga endi tushundim, — dedi kulib 
Hasanali. — Niyatingiz Otabekni marg‘ilonliq kelindan sovitish. 
— Barakalla, — dedi O‘zbek oyim, — sovitishgina emas, uning changalidan Otabekni 
uzil-kesil qutqarish. 
Hasanali hayron bo‘ldi. Chunki xo‘jabekasining marg‘ilonliqqa munchalik adovati bor 
deb o‘ylamas edi. 
— Nega endi? 
— O‘g‘limni marg‘ilonliqlarning qo‘lig‘a berib qo‘y-mayman-da, axir. Burun 
Toshkandda xotini bo‘lmag‘an bo‘lsa — endi bor, mundan keyin andi kelinga bizning 
muhtojligimiz yo‘q... 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin