www.ziyouz.com кутубхонаси
156
TO’RA MIRZO (1956) Iste’dodli shoir va dramaturg To‘ra Mirzo (To‘ra Mirzo Jabborali Dadamirzo o‘gli) 1956
yili Namangan viloyati, Chortoq tumanining Peshqo‘rron qishlog’ida tug‘ilgan. O’rta
maktabdan so‘ng u 1979 yili Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent San’at institutining
teatrshunoslik bo‘limini tugatdi. 1989 yilda esa Moskvadagi Oliy Adabiyot instituti
dramaturgiya bo‘limini bitiradi. So‘ngra bir qator ijodiy idoralar, oynoma va
ro‘znomalarda faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi kunda esa u Respublika Targ’ibot Markazining
bosh direktori vazifasida ishlamoqda.
To‘ra Mirzoiing ijodi garchi 70-yillariing‘ ikkinchi yarmidan boshlangan bo‘lsa ham,
birinchi she’rlar to‘plami — «Maysalar hayqirigi» 1983 yilda chop etiladi. Shundan so‘ng
uning bir qator she’riy majmualari o‘zbek, rus va turk tillarida bosiladi. Jumladan,
«G’o‘ro‘glining belanchagi», «Tonggi maktublar», «Kulgixona», «Amir Temur vasiyati»
kitoblari o‘zbek tilida chiqadi. Shuningdek, uning «Dobriy znak», «Vozvrashenie v
Ferganu» (Moskvada) to‘plamlari rus tilida, «Bilga tunokuk vasiyati» manzumasi va
turkum she’rlari Turkiyada nashr bo‘ladi.
To‘ra Mirzo iste’dodli shoir bo‘lishi bilan birga, mohir dramaturg va yetuk tarjimon
hamdir. Uning qalamiga mansub bo‘lgan «Bekat», «Tonggi tramvay», «Poytaxt
latifalari», «Saratondagi izg’irin» kabi dramatik asarlari sobiq SSSRning Butunittifoq
dramaturgiya ko‘riklarida bir necha bor yuksak sovrinlarga ega bo‘lgan. Shuningdek,
adibning «Qovrilgan o‘rdak parvozi», «Muhabbatga o‘q tekkan kun», «Ahmad ila
Oqbilak» singari dramalari respublika va viloyat teatrlari sahnasidan munosib o‘rin
olgan. Hozirgi kunda esa uning «Amir Temur» dramasi Qashqadaryo viloyat teatrida
sahnalashtirildi. Ayni chog‘da shu asosda O’zbekiston Respublikasi televideniesida ikki
qismli videofilm yaratilgan. Xullas, adib To‘ra Mirzo butun ijodi davomida boy tarixiy
merosimiz, buyuk tarixiy shaxslar, ilmiy-madaniy yutuqlarimiz, milliy ma’naviy
boyligimizni e’zozlab keladi. Shu jihatdan uning asarlarida tarixiy haqiqat, tarixiylik va
falsafiy mushohadalar uzviy, yaxlit bir tarzda namoyon bo‘ladiki, bu uping o‘ziga xos
uslubini tayin etishga yo‘l ochadi.
U mohir tarjimon sifatida Jon Gloyl Pristanlining «Xazina», Agata Kristining
«Qopqon», Valeriy Shuljikning «Tegirmon tepasidagi quyosh», Aziz Nesinning «Yashasin
sarg‘ish pushti rang» kabi dramatik asarlarini o‘zbeklalashtirgan.
Kitobxon va tomoshabinlar yetuk shoir, mohir dramaturg va malakali tarjimon To‘ra
Mirzodan umidi katta.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993