Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
146
ERKIN A’ZAM 
(1950) 
Erkin A’zam 1950 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topgan. 
1967 yili tumandagi 1-o‘rta maktabni tamomlagan. Shu yili Toshkent Davlat 
universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1972 yilda tugatgan. 
Adib avval O’zbekiston radiosida muharrir (1972—1976), undan so‘ng «Guliston» 
oynomasida bo‘lim muharriri, adabiy kotib vazifalarida ishlab (1976—1981), qalamini 
charxladi. 1981 yildan 1986 yilgacha «Yoshlik» jurnaliga ishga o‘tib, Erkin Vohidov 
rahbarligida jurnalning shakllanishiga, o‘z muxlisini topishiga jonbozlik ko‘rsatdi. Proza 
bo‘limini boshqargan yosh adib o‘z ijodi takomili bilan birga yangi talantli ijodkorlarning 
paydo bo‘lib, oyoqqa turishida munosib hissa qo‘shdi. 
1986—1992 yillar davomida ijodkor G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sai’at 
nashriyotida ko‘p jildli asarlar tahririyatiga mudirlik qilib, atoqli o‘zbek adiblari asarlari, 
saylanmalarini chop etishda o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. 
Erkin A’zam bugungi kunda O’zbekioton respublikasi milliy Axborot agentligi Bosh 
direktorining birinchi muovini vazifasida xizmat qilmoqda. 
Adibning ilk hikoyasi uning o‘quvchilik yillarida yaratilgan, viloyat ro‘znomasida 
bosilgan. Biroq talabchan ijodkor universitetni tugallagandan keyin ham ancha yillar 
kitob chop ettirishga shoshilmadi. 1977 yilda Erkin A’zamning «Chiroqdar o‘chmagan 
kecha» nomli hikoyalar to‘plami bosilib chiqdi. Bu mo‘jaz kitobcha o‘quvchilarga o‘zbek 
adabiyotida yangi bir iste’dodli hikoyanavis dunyoga kelganligidan xabar berdi. Ushbu 
asarda yoshlik, talabalik yillari olovli kechinmalari katta samimiyat, ilhom bilan yoritilgan 
bo‘lib, hikoya uslubi o‘z jozibasi bilan o‘quvchini sehrlab oldi. 1981 yilda chop etilgan 
«Otoyining tug‘ilgan yili» qissa va hikoyalar to‘plami kitobxon ishonchini mustahkamladi. 
Birinchi kichik qissasi bilan adib o‘zining lirik tasvir uslubidan tashqari hayotiy, serzavq, 
yumoristik badiiy ifodaga moyilligini ham namoyish qildi. 
Shundan so‘ng iste’dodli adibning «Olam yamyashil» (1984), «Javob» (1987), 
«Bayramdan boshqa kunlar» (1989), «Mir ves v svetax» (1989) kabi bir qator qissa va 
hikoyalar to‘plamlari bosmadan chiqdi. Bu asarlarda zamondoshlarimiz hayotidan hikoya 
qilinib, axloq, e’tiqod, burch, oddiy iisoniy munosabatlar o‘ziga xos uslubda badiiy aks 
ettiriladi. Erkin A’zam prozasi Abdulla Qahhor, Shukur Xolmirzayev ijodiy namunalari 
kabi lo‘nda va to‘la ifodasi, shafqatsiz realizmi va professional mahorati bilan boshqa 
yozuvchilar asarlaridan keskin ajralib turadi. 
Erkin A’zam hikoya va qissalari rus, ukrain, belorus, qozoq, tojik, turkman, gruzin, 
bulg‘or, chex tillariga tarjima qilingan. Adibning o‘zi ham o‘zga xalqlar adiblari asarlarini 
rus tilidan o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. 
Yozuvchi 1982 yilda respublikamiz Yoshlar Ittifoqi mukofotiga sazovor bo‘lgan. 
Adibning «Anoyining jaydari olmasi» hikoyasi asosida badiiy film suratga olingan. 
Hikoyalari radiopostanovka qmlangan Erkin A’zam ayni ijodiy kamolat yoshida ilhom 
bilan ijod qilmoqda. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin