Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
144
SHAVKAT RAHMON 
(1950) 
Iste’dodli ijodkorlar orasida Shavkat Rahmonning o‘z sozi, ovozi ayricha jaranglab 
turadi. U 1950 yilning 12 sentyabrida O’sh viloyati Qorasuv tumaniga qarashli Pomir 
mahallasida xizmatchi oilasida tug’ilgan. 1966 yilda O’shda o‘rta maktabni tugatgach, 
qurilishlarda, bosmaxona va viloyat ro‘znomalarida ishlaydi. 1973 yilda Moskvadagi M. 
Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitiradi. 
Shoirning dastlabki she’rlari O’sh viloyat ro‘znomalarida chiqa boshlaydi. Birinchi 
she’riy to‘plami «Rangli lahzalar» (1978) nomi bilan bosiladi. Shundan keyin shoirning 
«Yurak qirralari» (1981), «Ochiq kunlar» (1983), «Gullayotgan tosh» (1984), «Uyg‘oq 
tog’lar» (1986), «Hulvo» (1988) kabi bir qator she’riy to‘nlamlari bosilib chiqdi. U 
tarjimon sifatida «Lorka, saylanma» (1979) nomi bilan ruschadan tarjima, yana «Lorka, 
saylanma» (1989) ispanchadan tarjimalari bosilgan. Uning asarlarida tarixga, 
kechmishga sayohat, hozirgi kunlarga tanqidiy baho yetakchilik qiladi. 
Shavkat Rahmon she’riyati 80-yillarda o‘zbek adabiyotida kuchli oqimni tashkil etgan 
lirik-falsafiy, isyonkorlik ruhidagi asarlar sirasiga kiradi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
145
NURALI QOBUL 
(1950) 
Iste’dodli va iqtidorli adiblardan biri Nurali Qobuldir (Nurali Qobulovich Xolbo‘tayev). 
Nurali Qobul 1950 yilda Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi O’smat qishlogida 
tavallud topgan. 1974 yilga kelib Ulug‘bek nomidagi Fargona Davlat pedagogika oliy 
bilimgohining tarix bo‘limini bitirgan. Shundan so‘ng tuman, viloyat komsomol va partiya 
rahbarlik ishlarida ishlagan. 70-yillardan boshlab jurialist sifatida tuman, viloyat 
ro‘znomalarida, aniqrog‘i «G’alaba bayrog‘i», «Jizzax haqiqati» ro‘znomalarida turli 
lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. So‘ngra Toshkentga kelib, «Sovet O’zbekistoni san’ati» 
(1977) oynomasida muharrir o‘rinbosari, keyinroq bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozirgi 
kunda u «Cho‘lpon» nashriyotining rahbaridir. 
Nurali Qobulning adib sifatidagi ijodi, asosan uning Toshkent davriga to‘g‘ri keladi. 
Avval hikoya, qissalar yozib, ro‘znoma va oynomalarda ko‘rina botlaydi. Uning qissa va 
hikoyalardan iborat «Oyqor» (1978), «Salom, tog‘lar» (1979) kabi to‘plamlari ketma-ket 
paydo bo‘ladi. Har ikki to‘plam ham kitobxon va adabiy tanqid tomonidan qizg‘in bahsga 
sabab bo‘ladi. Unda urush davri fojealari, urf-odat va oilaviy kelishmovchiliklar, yoshlar 
taqdiri va sevgisi haqidagi falsafiy mushohadalar o‘quvchi qalbini to‘lqinlantirgan edi. 
Eng muhimi, undagi adolatparvarlik sari intilish, sof sevgiga adoqat, kattalarga hurmat, 
asar qahramonlariga nisbatan iliqlik uyg‘ota olishidir. Shundan so‘ng yozuvchining yana 
o‘ndan ortiq she’riy, nasriy asarlari chop etildi. Jumladan, «Tubsiz osmon» (1981), 
«Yashash uchun kehikma» (1983) kabi qissalarida yoshlar taqdiri, kelajagi yo‘lidagi 
kurashi, orzu-intilishlari yana bahslarga yetaklaydi. Adibning «Kaptarlar qaytmas-kuya» 
(1983) hikoya va qissalar to‘plami, «Unutilgan sohillar» (1988) kabi romanlarida endi 
faqat adibning mavzu doirasigina kengayib qolmay, hayot, odamlar haqidagi falsafiy 
qarashlarining tobora real, chuqur ko‘rinishga kirayotganligidan ham shahodat beradi. 
Shuningdek, bolalar uchun yozilgan «Odam, Oyqor tog‘ va daydi shamol» (1980) she’riy 
ertagi yaratildi. Adib publitsist va tarjimon sifatida ham barakali ijod bilan band. Uning 
«Bug‘doy pishig’iga yetmaganlar» (roman va qissalar, 1992) yoki «Vatandan o‘zga 
yaxshi yor bo‘lmas» (1992) kabi publitsistik maqolalar to‘plamlari ham alohida e’tiborni 
tortadi. 
Nurali Qobul M.Gorkiy va B.Polevoy nomidagi Ittifoq, adabiy mukofotlarining 
sovrindoridir. Uning ko‘plab asarlari rus va qardosh, xorijiy tillarga tarjima qilingan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin