www.ziyouz.com кутубхонаси
143
ABDUVALI QUTBIDDIN (1950) Shoir Abduvali Qutbiddin iqtidorli, nozik ta’b va yuksak didli qalamkash. U 1950
yilning 20 iyunida Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tavallud topgan. Aslida
uning ota-onasi Shayxovandtohur mahallasidan Xo‘ja Ahror Valiy avlodiga mansub
kishilar edi. Oktyabr to‘ntarishi va qatag‘onlik davrining ur-yiqit shamoli bu oilaga ham
soya solmay qolmagan. Yillar davomida Samarqand, Qashqadaryo vohalarida ko‘chirib
yuborilganlar qatorida istiqomat qilishgan.
Shu tufayli Abduvali Qarshida tugilib, Samarqandda tahsil olgan. 1978 yilda Toshkent
Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1983 yilda
muvaffaqiyatli tamomlagan. Samarqand viloyat ro‘znomasi «Lenin yo‘li» hozirgi
«Zarafshon»da faoliyat ko‘rsatadi. 1985 yildan esa ona shahri Toshkentga kelib, G’afur
G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘lib ishlaydi. 1990 yilda
«Yozuvchi» nashriyoti tashkil bo‘lgach, avval yetakchi muharrir va hozirda bosh muharrir
bo‘lib ishlab kelmoqda.
U oilali, ikki o‘g’il, ikki qizi bor.
Hozirda uchta she’riy to‘plami nashr etilgan. Shoirning «Nayson» (1988), «Humo»
(1989) va «Baxtli yil» (1991) to‘plamiga kirgan she’rlari oddiy, sodda, ravon ifodalar
asosiga qurilganligi bilan ajralib turadi. Qarang:
Uyalib — tug’ildim, Uyalib — yashadim, Uyalib o‘larmen. Axir bu butun o‘z xalqi axloqi, odobi,ma’naviyatiga dahldor she’riy marjonlar
emasmi?! Yoki «Baxtli yo‘l» to‘plamiga kirgan «Yer qa’riga», «Ikki amakimga xat»
she’ridagi falsafaga diqqat qiling. Unda dunyo o‘tkinchi, hamma vaqt hamma narsa
o‘tadi, ketadi, poklik, muhabbat, yaxshilik, mehr kabi buyuk tuyg’ular qoladi degan
xulosaga keladi. Va deydiki, bu omonat dunyoda, omonat ko‘prikda ana shu adabiyot
tinch, pok bo‘lsin:
Omonat ko‘prikning ustida mahkam, . Tinch-u, pok bo‘lsin tirik abadiyat. Shoir biz bilan bir suhbatda mening tarjimai holim aytarli kitobxonga namuna
bo‘lolmas, degan andishaga ham bordi. Hurmatli kitobxon, shoir Abduvali Qutbiddin
kelajak shoiri, shu kunning shoiri. Hali u o‘nlab to‘plamlar, asarlar yaratib beradi, sizni
xushnud etadi, deb ishontirsa bo‘ladi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993