Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
137
AZIM SUYUN 
(1951) 
Azim Suyun iste’dodli, isyonkor va haqiqatgo‘y shoirlardan biridir. U 1948 yilning 22 
fevralida Samarqand viloyatining Nahrrud qishlog’ida mehnatkaga oilasida dunyoga 
kelgan. O’rta maktabdan so‘ng Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetiga 
kirib o‘qigan. Uning ijodi 60-yillarning oxiri va 70-yillar boshida boshlangan bo‘lib, 
«Mening osmonim» (1978) nomli birinchi she’rlar to‘plami bilan keng kitobxonlarga 
tanilgan. 
Shundan buyon shoirning o‘nga yaqin she’riy to‘plamlari va bir qator dostonlari chop 
etildi. Jumladan, «Zarb» (1979), «Zamin taqdiri» (1981), «Xayolot» (1984), «Ziyo ko‘li» 
(1986), «Javzo» (1987), «Olis tonglar» (1989), «Kuyganim-suyganim» (1992) kabi 
she’riy guldastalari o‘quvchilarning sevimli kitoblari bo‘lib qoldl. Ayniqsa, uning 
«Sarbadorlar» fojeasi, «O’zbekiston», «Bir tomchi suv dengizga aylangan kecha yoki 
Imorat» kabi dostonlari ma’lum va mashhurdir. Ularda zamon va davr, zamondoshlar va 
tengdoshlar taqdiri, fojeasi, intilish va kurashlari chinakam hayot haqiqati darajasida o‘z 
ifodasini topgan. 
Shoir chuqur falsafiy mushohadalarga boy «O’zbekiston» dostoni va bir turkum 
she’rlari uchun Abdulhamid Cho‘lpon nomidagi birynchi xalqaro mukofotga (1991) 
sazovor bo‘lgan. Ayni chog‘da shoir Azim Suyun 1992 (21—24 may) yil Turkiyada bo‘lib 
o‘tgan «Turkiy uluslar adabiyotida turkiy til» anjumanida Turkiya yozuvchilar Birligining 
mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning bir qator she’rlari, she’riy turkumlari, kitoblari, rus, 
ingliz, turk, qozoq, tojik, tuva kabi o‘nlab tillarga tarjima qilingan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
138
MUROD MUHAMMAD DO’ST 
(1948) 
Iste’dodli adib Murod Muhammad Do‘st 1948 yili Samarqapdning Jom qishlog’ida 
tug’ildi. U Toshkent Davlat dorilfunuiini tugatgach, Moskvada Adabiyot institutida tahsid 
ko‘rdi. So‘ngra «O’zbekfilm» kinostudiyasida, «Sharq yulduzi» oynomasida faoliyat 
ko‘rsatdi. Uning ijodi 70-yillardan boshlangan bo‘lib, dastlab hikoyalar yozishdan ish 
boshladi.
Yozuvchining dastlabki hikoyalar to‘plami 1976 yili «Qaydasan, quvonch sadosi» nomi 
bilan nashr etildi. So‘ngra uning «Mustafo», «Iste’fo», «Dashtu dalalarda», «Galateia 
qissalari», «Chollardan biri», «Bir toychoqning kuni» kabi hikoya, qissalari chop etildi. 
1983 yilga kelib, uning«Galatepaga qaytish» nomli romani yaratildi. Shundan so‘ng u 
turg‘unlik davri ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulidan hikoya qiluvchi «Lolazor» 
(1988) romanini yaratdi. Bu roman 1990 yilda Hamza mukofotiga loyiq topildi. U hozirgi 
kunda O’zbekiston Reolublikasi Prezidenti matbuot markazi rahbaridir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin