www.ziyouz.com кутубхонаси
134
ANVAR OBIDJON (1947) Hajviy adabiyot an’analarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirib kelayotgan iste’dodli
adiblardan biri Anvar Obidjon shoir, nosir va dramaturg sifatida o‘nlab to‘plamlar,
kitoblar nashr ettirib ulgurdi.
Anvar Obidjoya Fargona viloyati Oltiariq tumani Poloson qishlogida 1947 yilning 25
yanvarida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topgan. U odatdagidek, o‘z hamkasblari kabi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijodga kirib kelmadi. 1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand
moliya texnikumida o‘qidi. Harbiy xizmatdan (1966—1969) qaytgach, 1969—1971
yillarda jamoa xo‘jadigida hisobchi, klub mudiri, tuman ro‘znomasi, viloyat radiosida turli
vazifalarni bajardi. Ayni choqda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika fakultetini
sirtdan tamomladi. 1981 yildan boshlab u Toshkentga kelib, «Yosh gvardiya» nashriyoti,
«Yosh kuch», «Mushtum», oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi. Shu kunlarda u «Cho‘lpon»
nashriyotining bosh muharriridir.
Anvar Obirjon ijodi garchi 60-yillardan boshlangan. Birinchi «Shkafcham» nomli she’ri
«G’uncha» jurnalida chop etilgan bo‘lsa ham, uning birinchi kitobi 1974 yilda «Ona yer»
nomi bilan «Yosh gvardiya» nashriyotida bosilib chiqadi. Shundan buyon qariyb 20 yil
davomida «Bahromning hikoyalari» (1981), «Olovjon va uning do‘stlari», (1983), «Ey,
yorug‘ dunyo» (1983), «Ketmagil» (1985), «Bezgakshamol» (1985), «Alamazon i yego
pexota». «Masxaraboz bola» (1980), «Juda qiziq voqea» (1987), “Oltin yurakli
avtobola» (1988), «Dahshatli Meshpolvon» (1990) kabi she’riy va nasriy kitoblari chop
etildi. Ulardan tashqari, adibning «Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi», «Pahlavonning o‘g’irlanishi»
kabi p’esalari sahna yuzini ko‘rdi. Mazkur asarlarning deyarli ko‘pchiligida odamlardagi,
hayotdagi nopok tomonlar, illatlar, nuqsonlar goh achchiq, goh istehzoli, goh mayin kulgi
vositasida fosh etib beriladi. Anvar Obidjon ijodi avji kamolat bosqichida. U o‘z ustozlari
Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Ne’mat Aminov kabi iste’dodlar safini to‘ldiradi, deb
ishonsa bo‘ladi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993