www.ziyouz.com кутубхонаси
128
RAUF PARFI
(1943)
Iste’dodli shoir Rauf Parfi 1943 yilda Toshkent viloyatining Sho‘ralisoy qishlog‘ida
dunyoga keldi. 1960—1965 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida tahsil ko‘rdi.
Jumhuriyat kino qo‘mitasida, G’.G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida
ishladi.
Garchi uning ilk she’rlari 50-yillarning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan bo‘lsa ham u
60-yillarning o‘rtalariga kelib shoir sifatida tanildi. Shundan so‘ng uning «Karvon yo‘li»
(1968), «Aks sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1974), «Ko‘zlar» (1976),
«Qaytish» (1981), «Sabr daraxti» (1981) kabi o‘nlab sara she’riyat to‘plamlari bosilib
chiqdi. «Sukunat» (1991), «Ona Turkiston» (1992), «Turkiston ruhi» (1993) hamda ikki
jildli «Saylanma» asarlari (1993) chop etildi. Agar uning 1-jildi nazm bo‘lsa, 2-jildi nasriy
va tarjima asarlarini tashkil etadi. So‘nggi yillarda uning «Sharq yulduzi», «Yoshlik» kabi
oynomalarda hamda «O’zbekioton adabiyoti va san’ati», «Turkiston», «Erk»
ro‘znomalarida yangi — mustaqillik davri muammolarini hikoya qiluvchi o‘nlab ajoyib
she’rlari o‘z o‘quvchisi qalbini yangidan zabt etoldi. U mohir tarjimon sifatida Bayronning
«Manfred», Nozim Hikmatiing «Inson manzaralari», Karlo Kaladzeniig «Dengiz xayoli
kabi asarlarini o‘z ona tiliga o‘girdi.
U shoir, tarjimongina emas, nosir, maqolanavis sifatida ham o‘z o‘quvchisiga yaqindir.
Rauf Parfi o‘zining «Sabr daraxti» (1986) she’riy to‘plami uchun O’zbekiston
Yozuvchilar uyushmasining Hamid Olimjon nomidagi sovriniga musharraf bo‘lgan. 1992
yilda xalqaro Mahmud Koshg‘ariy sovriniga ham ega bo‘ldi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
129
ZOHIR A’LAM
(1943)
Yozuvchi Zohir A’lam urush davri farzandi, u 1943 yili Toshkentda tug’ilgan. O’rta
maktabni tugatgach, kunduzlari Toshkent traktor zavodida ishlab, kechqurunlari esa
Toshkent Davlat dorilfununida tahsil oladi. Oliy o‘quv yurtini tugatgach, sobiq Sovet
Armiyasi saflarida xizmat qiladi. So‘ngra Buxoro-Ural gaz o‘tkazgich magistralida
ishlaydi. «O’zbekiston» nashriyotida, «Sharq yulduzi» oynomalarida faoliyat ko‘rsatdi.
Zohir A’lamning ijodi, aniqroga birinchi kitobi «Baxtli bilet» nomi bilan 1972 yilda
nashrdan chiqqan. Undagi ko‘pgina hikoya adib ko‘rgan, bilgan hayot va zamondoshlari
obrazini chizishga qaratilgan. So‘ngra 1978 yili «BAM ufqlari» (1978) nomli ocherk va
hikoyalar majmuasini chop ettiradi. 1978 yilga kelib, uning «Muqaddima» qissasi
yaratiladi. 1981 yilda «Kiyik ko‘zi» nomi bilan hikoyalar to‘plami bosidadi. Va nihoyat,
1987 yilda «Afandining qirq bir pashshasi» nomli qissasi nashr bo‘ldi. Mazkur hikoya,
qissalarida muallif hayot va odamlar, tabiat va jamiyat muammolari haqida, imon va
diyonat, jaholat va pastkashliklar haqida hikoya qiladi. Yaxshilardan, yaxshi narsadardan
o‘rnak olishga, uning uchun kurashga da’vat etadi.
U tarjimon sifatida ham ancha asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan. Bular orasida
S.Zaliginning «Komissiya» romani ajralib turadi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |