www.ziyouz.com кутубхонаси
126
HABIB SA’DULLA (1942) Shoir, dramaturg, jamoatchi Habib Sa’dulla 1942 yilda Namangan shahrida tug’ilgan.
Avval aloqa texnikumi bilim yurtida o‘qib, Toshkentdagi ekskavator zavodida elektro
payvandlovchi bo‘lib ishlagan. Sobiq sovet Armiyasi saflaridan qaytgach, «Mushtum»
oynomasida xizmat qiladi. So‘ngra «Lenin uchquni» ro‘zpomasida adabiy xodim,
«Namangan haqiqati» viloyat ro‘znomasida muharrir o‘rinbosari bo‘lgan. 1973 yildan
1990 yilgacha O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasining Namangan viloyati bo‘yicha
mas’ul kotibi vazifasida ishlagan. Hozirgi kunda u Namangan vnloyati Madaniyat
boshqarmasining boshlig‘idir.
U 1971 yilda Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini sirtdan tugatadi.
Uning birinchi she’rlari 50-yillarning oxirlarida Namangan viloyat gazetalarida ko‘rinadi.
1969 yilga kelib uning birinchi she’riy to‘plami «Dengizdan shabada» nomi bilan nashr
etiladi. Shundan so‘ng uning «Bahor bilan suhbat» (1975), «Muloqot», «Yana
ostonangdaman» kabi bir qator she’riy turkumlari paydo bo‘ladi. So‘ngra uning Ulug’
Vatan urushi fojealarini ifodalovchi uch dostoni — «Onajonim», «Men tug’ilgan yil»,
«Tirik qurbonlar» yaratiladi. Shuningdek, shoirning «Usmon atlas» degan dostoni ham
nashr bo‘ladi. Shoirning mazkur to‘plamlari, she’riy guldastalari, dostonlari va
g‘azallarida jonajon ona yurtini, mehribon, mehnatkash va saxovatli xadqini ulug‘laydi.
Chin muhabbat, muhabbatga vafo, sadoqat tuyg‘ulari baralla yangraydi.
U shoir, g‘azalnavis va qo‘shiqchigina emas, dramaturg sifatida ham ma’lum. Habib
Sa’dulla yaratgan «Yusuf va Zulayho” dramasi ko‘p yillardan buyon Andijon drama teatri
sahnasidan tushmay keladi. Unda muallif Yusuf va Zulayholar muhabbati orqali yoshlarni
chinakam insoniy sevgiga, sadoqat va mehrga chorlaydi. Uning niyati she’r yozish,
Bir she’r yozmoqchiman, bittagina she’r, O’sha she’rni istab keldim dunyoga, — deb orzu qiladi shoir. Biz ham o‘sha, shoir
istagan she’rning yaratilishiga tilakdoshmiz.
Unga 1992 yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni
berilgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993