Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
120
Abdulla Oripov — noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiyliklik, milliy g‘urur, isyonkor 
ruh, diniy-axloqiy teranlik shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi. O’zbek xalqining milliy 
uyg‘onishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurash yo‘lida Abdulla Oripov shaxsi va o‘tkir 
shetzriyati misli ko‘rilmagan o‘rin tutganini qavd etib o‘tish joiz. Uning asarlari o‘zbek 
she’riyatini hamon boyitmoqda. 
O’zbekiston xalq shoiri (1989) Abdulla Oripov munosib taqdirlangan. U Hamza 
nomidagi Respublika Davlat mukofotining laureatidir. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
121
O’TKIR HOSHIMOV 
(1941) 
Talantli yozuvchi O’tkir Hoshimov 1941 yili Toshkentda ishchi oilasida tugildi. U o‘rta 
maktabni bitirgach, 1959—1964 yillar Toshkent Davlat dorilfununining filologiya fakulteti 
jurnalistika bo‘limida ta’lim oldi. Utkir Hoshimov «Toshkent haqiqati», «Srvet 
O’zbekistoni», 1966 yildan «Toshkent oqshomi» ro‘znomasi muharririyatida bo‘lim 
mudiri, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida bosh muharrir 
o‘rinbosari vazifalarida ishladi. Hozirgi kunda «Sharq yulduzi» oynomasining bosh 
muharriridir. 
O’tkir Hoshimov o‘z ijodini she’r va ocherklar yozishdan boshladi. Uning birinchi 
ocherklar to‘plami 1962 yilda «Po‘lat chavandoz» nomi bilan nashr etildi. So‘ngra «Cho‘l 
havosi» (1963), «Odamlar nima derkin...», «Shamol esaveradi», «Bahor qaytmaydi» 
(1970), «Qalbingga quloq sol» (1973), «Uzun kechalar» (1975), «Nimadir bo‘ldi» 
(1976), «Quyosh tarozisi» (1980), «Dunyoning ishlari» (1982) hikoya va qissalar 
to‘plamlari hamda «Nur borki, soya bor» (1979), «Ikki eshik orasi» (1986) romanlari 
bosilib chiqdi. Hozirgi kunda uning «Uyqudagi tushlar» romani «Sharq yulduzi» 
oynomasida bosilmoqda. Unda shaxsga sig‘inish va qatag‘onlik davri illatlari haqida 
hikoya qilinadi. 1974 yili esa «Birovning tashvishi» nomly psixologik dramasi 
sahnalashtirildi. 
Bundan tashqari, O’tkir Hoshimov O’rta Osiyo respublikalarining qator teatrlarida 
namoyish qilingan «To‘ylar muborak», «Sizdan ugina, bizdan bugina» kabi p’esalarning 
muallifidir. 
O’tkir Hoshimov E. Xeminguey, K. Simonov, A. Kuprin, O.Bergolts singari yozuvchilar 
asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Asarlari qardosh xalqlar va xorijiy tillarga tarjima 
qilingan. 
Ijodkor 80-yillar publitsistikasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan adiblardan biridir. 
Uning odob-axloq, ma’naviy olam, milliy qadriyatlar, sho‘ro davri adolatsizliklarini dadil 
yoritgan ocherk va teleko‘rsatuvlari bu davrning barkamol mevalaridir. 
O’zbekiston xalq yozuvchisi (1991) O’tkir Hoshimov «Dunyoning ishlari» qissasi 
uchun Oybek nomidagi (1982) hamda «Ikki eshik orasi» romani uchun Hamza nomidagi 
Respublika Davlat mukofotiga (1986) sazovor bo‘lgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin