www.ziyouz.com кутубхонаси
116
SHUKUR XOLMIRZAYEV (1940) Shukur Xolmirzayev 1940 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud
topdi. U o‘rta maktabni tugatib, Toshkent dorilfununida tahsil ko‘rdi. Ijodi o‘quvchilik
yillaridan boshlandi.
Shukur Xolmirzayev hozirga qadar kitobxonlarga juda ko‘p hikoyalar, bir necha qissa
va romanlar taqdim etdi. Uning ilk qissasi «Oq otli» tog’ bolalari hayotidan hikoya qiladi.
Shukur Xolmirzayevning talabalikda yozilgan «To‘lqinlar» (1963) povesti
zamondoshlarimizning murakkab taqdirini qalamga olinishi va o‘ziga xos mahorati bilan
Abdulla Qahhorning e’tiborini tortgan va ulkan adib student Shukurga maktub bitib, uni
qutlagan edi.
Yozuvchining «O’n sakkizga kirmagan kim bor?» (1965), qissasi avlodlar qismatiga,
aniqrogi o‘z avlodi — tengqurlari hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, voqelik ilk muhabbat
iztiroblari tarixida tasvirlanadi.
Muallifning keyingi ijodi — «Olis yulduzlar ostida» «Hayot abadiy», «Og‘ir tosh
ko‘chsa...» hikoyalar to‘plami, «So‘nggi bekat», «Qil ko‘prik» «Yo‘lovchi», «Olabo‘ji»
romanlaridir.
Shukur Xolmirzayev ijodining alohida xususiyati shundaki, bu adib o‘zbek milliy
hikoyachilik san’atini ustozi Abdulla Qahhordan keyin yangi, yuqori bosqichga ko‘tardi.
Uning povest va romanlari hech qolishga sig‘mas, tesha tegmagan obraz, xarakterlarga
boyligi bilan ajralib turadi.
San’atkor dramaturgiyaga qo‘l urib, «Qora kamar» asarida bosmachi tamg‘ali o‘zbek
vatanparvarlarini ilk bor ulug‘ ozodlik, mustaqillik g‘oyasi uchun qahramonona kurash
olib borgan fidoyi millatparvarlar qiyofasida haqqoniy badiiy aks ettirib berdi.
Shukur Xolmirzayev asarlari turli tillarga tarjima qilingan.
Keyingi yillarda adibning «Bodom qishda gulladi» (1968), «So‘nmas olov» (1985)'
«Toglarga qor tushdi» (1987) asarlari yaratildi. Yaqinda esa uning «Olabo‘ji» romani
nashr etildi. U 1989 yilda Hamza nomidagi Davlat mukofotiga, 1991 yilda O’zbekiston
xalq yozuvchisi upvoniga musharraf bo‘lgan.
Shukur Xolmirzayev o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan
san’atkorlardandir.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993