Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
113
ABDUQAHHOR IBROHIMOV 
(1938) 
Ham jurnalist, ham yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov 1938 yili Toshkentda tavallud 
topdi. U avval Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limini (1962), so‘ng 1975-
1977 yillarda Moskvadagi Oliy Adabiyot kursini tugatdi. 
1962—1972 yillar mobaynida «O’zbekiston madaniyati» keyin esa «O’zbekiston 
adabiyoti va san’ati»_ haftaligida, «Guliston» oynomalarida mas’ul lavozimlarda ishladi. 
Shundan so‘ng uning «So‘nggi nur», «Osmon yaqin, yer yumshoq» kabi ocherk va 
hikoyalar to‘plamlari yaratildi. Shuningdek, uning «Birinchi bo‘sa» (1978), «Meni aytdi 
demang» (1982) kabi sahna asarlari Moskvada rus tilida nashr etildi. Shu damdan 
boshlab faqat publitsist, hikoyanavisgina emas, sermahsul va iste’dodli dramaturg 
sifatida ham elga tanila bordi. 
Uning «Bu zamon o‘g‘loni» (1982), «Zo‘ldir» (1983), «Tusmol», «Puch», «Senga bir 
gap aytaman», «Chakana savdo» kabi bir qator pesalari yaratildi. Ularning ko‘plari 
Hamza va Muqimiy teatri sahnalarida muvaffaqiyat bilan qo‘yildi. 
Ayni chog’da uning shu yillarda «Chillaki», «Tong edi», «Har tomchining sababi bor» 
kabi ajoyib hikoyalari o‘z o‘quvchisiga taqdim etildi. 
Shuni ham alohida qayd etish kerakki, yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov so‘nggi 
yillarda otashin publitsist sifatida samarali ijod qilib kelmoqda. Ayniqsa, ma’naviy mnlliy 
meros, tabiat muhofazasiga oid chiqishlari keng jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratdi. 
U adabiyot va madaniyat, teatr san’ati oldidagi ana shu samarali mehnati uchun 1990 
yilda O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi degan faxriy nomga savovor bo‘ldi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
114
TEMUR PO’LATOV 
(1939) 
Yozuzchi Temur Po‘latov o‘zining o‘nlab qissa va romanlari bilan o‘zbek adabiyoti 
taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan adiblar sirasiga kiradi. 
U 1939 yilda Buxoroda tug‘ilib, erta mehnat faoliyatnni boshladi. So‘ngra Buxoro 
Davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Uni 1963 yilda tugatib, 1967 yilda Moskvadagi 
kinostsenariy oliy kursiga kirib o‘qidi. 
Uning ijodi jurnalist sifatida boshlangan bo‘lib, xabar va ocherklari talabank 
yillaridayoq mahalliy matbuot sahifalarida paydo bo‘ladi. Uning dastlabki qissasi («Ne 
xodi po obochine») 1964 yilda «Zvezda Vostoka» jurnalida chop etiladi. Shundan so‘ng u 
yaratgan qissa va romanlar Toshkentda, Moskvada rus va o‘zbek tillarida nashr etila 
boradi. Shuni ham alohida qayd etish kerakki, Temur Po‘lat rus ilida yozadigan o‘zbek 
yozuvchilaridan bo‘lganligidan uning asarlari tezroq tarqaladi, Ittifoq nashrlarida tez-tez 
chop etiladi. 
Adibning «Bo‘lak manzilgohlar», «Bolalar xori», “Dushan qaysarning ko‘rgan-
kechirganlari» 70—80-yillar adabiyotida sarguzasht janri taraqqiyotiga hissa bo‘iib 
qo‘shildi. Shuningdek uning «Buxoro xonadonining kechmishlari», «Mulk», «Kunda-
shunda», «G’oyibning ikkinchi safari», «Yetti huzur-halovat va qirq qayg’u alam», 
«G’oyibning qaytishi», «Taroziy toshbaqasi» kabi o‘nlab yirik epik polotnolari kitobxon 
tomonidan iliq qarshi olingan. 
Temur Po‘lat publitsist va munaqqid sifatida ham o‘zining o‘nlab maqolalari bilan 
«Sharq yulduzi», «Zvezda Vostoka», «Literaturnoe obozrenie», «Drujba narodov» kabi 
oynomalarda tez-tez chiqib turadi. Ayniqsa, uning tabiat muhofazasiga, xususan Orolga 
oid o‘tkir chiqishlari alohida e’tirofga loyiqdir. U ayni chogda o‘zbek adiblari asarlarini rus 
tiliga, rus tilidagi adabiyotlarni o‘z ona tiliga tarjima qilishda ham mahorat ko‘rsatadi. 
Temur Po‘latov 1986 yilda o‘zining «Mulk», «G’oyibning ikkinchi safari», «Kunda-
shunda» qissalari va «Buxoro xonadonining kechmishlari» romani uchun Hamza 
nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1989 yilda esa unga O’zbekiston xalq 
yozuvchisi faxriy unvoni berilgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin