www.ziyouz.com кутубхонаси
115
SA’DULLA SIYOYEV (1939) Yozuvchi Sa’dulla Siyoyev 1939 yil 25 martda Qozog‘istoninng Turkiston shahri
yaqinidagi Qarnoq qishlog’ida dehqon oilasida tug’ildi. 1946—1956 yillarda Qarnoqdagi
o‘rta maktabda, 1957—1962 yillarda Toshkent Davlat dorilfununida o‘qidi. O’qishni
muvaffaqiyatli tamomlagan S. Siyoyev dastlab Toshkent radiosida, keyinchalik
respublika vaqtli matbuoti, «Mushtum» satirik oynomasida ishladi. Hozirgi kunda u
O’zbekiston uyushmasi Adabiyot jamg’armasi boshqonidir.
Sa’dulla Siyoyev ijodi she’r yozishdan boshlanadi. Uning dastlabki she’ri 1956 yilda
«Qizil O’zbekiston» ro‘znomasida bosiladi. S.Siyoev she’rlar bilan bir qatorda «Qiz
bolaning pandi» (1963), «Ming bir qiliq» (1964), «Charxpalak» (1965), «Uyimizga
mehmon keldi» (1966) kabi hikoyalari ham e’lon qilindi. Shu hikoyalarida bugungi
qishloqlarimiz hayoti, yoshlar sevgisi yaxshilik va muruvvat kabi insoniy tuyg’ular
ulug’lanadi, Yozuvchining birinchi hikoyalar to‘plami — «Qasam ichmagan yigit» 1970
yilda chop etildi. Bu to‘plamga uning lirik va hajviy-yumoristik hikoyalari kiritilgandir.
Shundan so‘ng S. Siyoevning «Sadagang ketay» (1972), «To‘ylar muborak» (1975),
«Oy borib, omon keeling” (1976), «Og’ir vaznli janjalkash», «Erkaklar uchun ertaklar»
kabi hikoyalar to‘plamlari bosmadan chiqdi. Ularda yozuvchi zamondoshlarimizning
mehnat faoliyatini, xarakteri va insoniy histuyg‘ularini ardoqlaydi.
Keyingi yillarda uning qissa va hikoyalardan iborat «Yorug‘lik» (1986), «Beparvo
bo‘lmoqchiman» (1990) kitoblari hamda «Avaz» (1987) romani o‘quvchilar hukmiga
havola etildi. Uning eng so‘ngti «Majnuntolning novdasi» (1989) nomli hikoya va
qissalari Hamza nomidagi mukofotga tavsiya etildi. Rus tilida ham uning «Sneg na
golovu» (1988), «Skazki dlya mujchin» (1989) kabi to‘plamlari chop etildi. Hozirgi
kunda adibning «Turkistonlik avliyo» nomli tarixiy romani chop etilmoqda. Unda ulkan
bobokalonimiz Ahmad Yassaviy haqida hikoya qilinadi.
S.Siyoyev hikoyalari rus, qozoq, qirg‘iz, tojik tillariga tarjima qilingandir. Ayni chog’da
u Mixail Zoshchenko, Leonid Lench, Ark. Arkanov, G, Gorin kabi yozuvshlarning ko‘plab
hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993