Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
110
JAMOL KAMOL 
(1938) 
Shoir Jamol Kamol 1938 yili Buxoro viloyatining Shofrikon tumanidagi Chikaron 
qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. Ota-onadan erta ayrilgan Jamol tog’asi qo‘lida 
tarbiyalandi. O’rta maktabni tugatib, Buxoro pedagogika institutining filologiya 
fakultetida o‘qidi. So‘ng shu yerda muallimlik qildi. 
Jamol Kamol 1965-1969 yildarda «Buxoro haqiqati» ro‘znomasi muharririyatida 
ishladi. A. S. Pushkin nomli Til va adabiyot instituti aspiranturasida o‘qidi va «Lirik 
she’riyatda kompozitsiya» degan mavzuda nomzodlik ilmiy ishini himoya qildi. Shoir 
1970-1972 yillarda Yozuvchilar uyushmasining Buxoro bo‘limida mas’ul kotib vazifasini 
bajardi. 1972 yildan esa A.S.Pushkin nomli Til va adabiyot institutida ilmiy xodim bo‘lib 
ishladi. Hozirgi kunda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimida faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 
Jamol Kamolning «Olam kirar yuragimga» (1968), «Cho‘qqilarga yog‘ildi» (1971), 
«Tosh tug‘yon” (1973), «Hasan va oy», (1974), «Suyosh chashmasi» (1975), 
«Dostonlar» (1978), «Tafakkur» (1979), «Suvaydo» (1983) «Umidli dunyo» (1988) va 
boshqa bir qator she’riy to‘plamlari nashr qilingan. 
Jamol Kamol mumtoz she’riy an’analar bilan zamonaviy she’riyat tizimini 
uyg‘unlashtirgan iste’dodli shoirdir. Ayni chog’da uning qo‘shiqlari ham klassik musiqa 
ohanglari bilan uyg’unlashib, olamjahon tarovat bahsh etib keladi. 
U bir tarixiy she’rning ham muallifidir. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi mustaqil 
deb e’lon (1991, 1 sentyabr) qilingandan buyon jahonning 121 mamlakati uni tan oldi. 
Oltmishdan ortiq mamlakat esa biz bilan vakolatxona darajasida bitim tuzdi. Ayni 
chog’da mustaqil O’zbekistonimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo ham etib qabul 
qilindi. Xuddi ana shu tarixiy kunga shoir Jamol Kamol guvoh bo‘lgan. Binobarin, xuddi 
shu yerda, shu daqiqada o‘zining «Avval Vatan, keyin jon» she’rini bitib, o‘qib ham 
bergan edi. Unda: 
Kiprik ketar, ko‘z qolar,
Qolar Vatan jonajon.
Jamoldan shu so‘z qolar:
Avval Vatan, keyin jon!— 
kabi yuksak tuyg‘ular o‘z ifodasini topadi. 
Jamol Kamolning publitsist sifatida eng so‘nggi asari «Makkayi mukarrama, Madinayi 
munnavara» (1992) asarlaridir. Unda haj bahonasida ma’naviyatimizni qayta baholaydi
kamoli inson orzusi bilan maydonga chiqadi. 
Jamol Kamol tarjima bilan ham shug’ullanadi. U fransuz mumtoz adabiyotining 
namoyandasi Bualoning «She’riy san’at» asarini, ozarbayjon shoiri Baxtiyor 
Vahobzodaning Muhammad Fuzuliy haqida «Shabihijron» dostonini o‘zbek tiliga tarjima 
qilgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
111
Jamol Kamol 1986 yilda Shekspir tragediyalarini ingliz tilidan bevosita o‘zbek tiliga 
muvaffaqiyatli o‘girgani uchun S.Borodin nomidagi mukofotga sazovor bo‘lgan. Yana 
unga O’zbekiston xalq shoiri (1992) degan yuksak faxriy unvon ham berilgan. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin