Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
32
SOBIR ABDULLA 
(1905—1972) 
O’zbekiston xalq shoiri, taniqli dramaturg, Hamza Mukofoti sovrindori Sobir Abdulla 
1905 yili Qo’qon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Eski va sovet maktablarida 
bilim olgan Sobir Abdulla ishchilar tayyorlov kursini (1924-1926) tamomladi.
1925-1948 yillarda «Yangi Farg’ona», «Yosh leninchi» ro’znomalari, «Mushtum»da 
xodim, Apdijon teatrida adabiy emakdosh bo’lib ishladi. Sobir Abdullaning ijodi 1925 
yildan boshlangan. Shoirning «Erk ilhomlari» nomli birinchi to’plami 1931 yilda bosilib 
chiqdi. «Ko’klam, nash’asi» (1932), «Taajjub», «Gulshan» (1939) she’rlar to’plami, 
«Navbahor» (1930), «Do’stlik» (1937) hikoya to’plamlarida xalqning hayoti, sevgisi va 
ma’naviy dunyosi o’z ifodasini topgan. 
Sobir Abdulla — sermahsul dramaturg. Uning «Bog’bon qizi» (1930), «Oyxon» 
(1935), «Tohir va Zuhra» (1939) sahna asarlari, «Alpomish», «Muqimiy» kabilar 
teatrlarimizning ko’rki bo’ldi. 
Ulug’ Vatan urushi yillarida adib jang maydonlari qaxramonlari va front orqasida 
kishilarning fidokorona mehnat mo’jizalarini aks ettiruvchi «Agar Vatan buyursa», 
«Chegarachi», «Olga qadam tashlanglar» she' larini yozish bilan birga, «Qurbon 
Umarov» (1941), «Davron ota», (1942) kabi p’esalarnipg yaratilishida faol ishtirok etdi. 
Urushdan keyingi yillarda Sobir Abdulla yaratgan «Vatan sevgisi», «Baxtim qilur 
namoyish», «Paxtakor tongi», «Ravshan zamon» qo’shiqlari xalqimizdagi vatanparvarlik 
va mehnatsevarlik fazilatlarini uluglashga xizmat qildi. 
Shoir g’azalnavis, qo’shiqchi shoir sifatida zamondoshi, do’sti G’afur G’ulom bilan 
hamkorlikda ijod qilgan. Umrining so’nggi yillarida demokrat shoir Muqimiy tarjimai holi 
badiiy aks ettnrilgan «Mavlono Muqimiy» nomli romanning ham muallifidir. Sobir Abdulla 
1972 yilda og’ir xastalik bilan vafot etdi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin