Microsoft Word uzbek adiblari ziyouz com doc



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/116
tarix29.11.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#71172
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116
Sobir Mirvaliyev. O\'zbek adiblari

www.ziyouz.com кутубхонаси 
33
OYDIN 
(1906—1958) 
O’zbek xotin-qizlari orasidan yetishib chiqqan talantli adiba Oydin (Manzura Sobirova) 
1906-yili Toshkentda hunarmand oilasida tug’ilgan. Oydin 1919 yili Toshkent xotin-qizlar 
bilim yurtiga o’qishga kirdi. Uni 1923 yili tamomlab, o’qituvchilik qiladi. Yoshlikdan 
adabiyotga havas qo’ygan Oydin kichik-kichik she’rlar bilan matbuotda ko’rina boradi. 
Samarqand Pedagogika akademiyasida o’qib yurgan paytlarpda (1927— 1933) Hamid 
Olimjon, Uyg’unlar bilan yaqindan tanishuvi Oydin ijodida katta rol o’ynadi. Uning 
o’tmish bid’atlarini fosh etib, xotin-qizlarni ozodlikka chaqiruvchi «Yangilikka qadam» 
nomli birinchi p’esasi 1925 yilda bosilib chiqqan. 
Uning «Tong qo’shig’i» (1931) to’plami, «Maysa uzildi» (1931), «Mashina quchog’ida» 
(1932), «Ko’prik ustida» (1933), «Bu kecha» (1933) kabi poemalari, «Chechan yo’llar» 
(1932), «Oydin she’rlari» (1937) kabi to’plamlariga kirgan asarlari o’zbek sho’ro 
poeziyasi taraqqiyotiga ma’lum hissa bo’lib qo’shildi. 
Adiba 30-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab hikoyachilik janrida talay asarlar 
yaratdi. Oydinning dastlabki «Eslash yoki vigovor» (1933) hikoyasida ozod mehnatning 
yangi insonni tarbiyalab yetishtprishdagi roli mehnat jarayonida o’zbek xotin-qizlari 
ongida ro’y bergan o’zgarishlar ifodalanadi. Uning «Chaqaloqqa chakmoncha», «Shirin-
shakar», «Uyaldi shekilli, yerga qaradi», «Sadag’ang bo’lay, komandir» hikoyalarida 
yangicha oila, sevgi-muhabbat, sadoqat motivlari aks ettirilgan. Arizaning o’tmishga 
bag’ishlangan «Yamoqchi ko’chdi», «Hazil o’tmish», «Gulsanam» (1938) asarlarida 
o’zbek xalqining hayoti, eskilik urf-odatlarpga qarshi kurashi chuqur nafrat bilan 
tasvirlangan. 
Oydinning Ulug’ Vatan urushi va undan keyingi tinch qurilish yillarida ijod etgan 
«Qizlarxon» (1943), «Mardljk mangulik» (1947), «Hikoya va ocherklar» (1952), 
«Hikoyalar» (1954) kabi to’plamlarida zamona kishisining vatanparvarligi, qahramonlik 
fazitatlari, front va mamlakat ichkarisidagi jonbozlikla, tinch yashash davridagi mehnati 
o’z ifodasini topgan. 
Oydin bu davrlarda kuchli ocherknavis sifatida ham taniladi. Uning M. Gorkiyga 
bag’ishlangan «Hamon yodimda o’shal ulug’ zot», «Cho’llari obod, qo’llari ozod bo’lgan 
elda», «El quvonchi», «Qora uylar oqardi», «Muborak», «Katta kishilar», «Mening 
qahramonim», «Vatan uchun jon fido» kabi ocherklar turkumidagi Vatan madhi, mehnati 
tufayli baxtga erishgan kolxozchi va ishchi ayollar obrazi zo’r mahorat bilan tasvirlangan. 
Oydin O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi, O’zbekiston Kommunistik 
Partiyasi Markaziy Komitetining mas’ul xodimi (1946—1953), «O’zbekiston xotin-qizlar» 
jurnalining muharriri lavozimlarida ishladi. 
Oydin o’zbek nasrining taraqqiyotiga qo’shgan salmoqli hissasi uchun ikki marta 
Hurmat belgisi ordeni va medallar bilan taqdirlangan. U bor yo’gi 52 yil umr ko’rdi, 1958 
yilda vafot etdi. 


O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin