www.ziyouz.com кутубхонаси
37
QUDDUS MUHAMMADIY
(1907)
Sovet davri o’zbek bolalar adabiyotining yirik va iste’dodli namoyandalaridan biri
Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. O’rta
maktabdan so’ng avval qishloq xo’jaligi bilim yurtida, so’ng O’rta Osiyo dorilfununining
biologiya fakultetida tahsil oldi.
Uning ijodi 30-yilardan boshlangan bo’lib, dastavval «Sharq haqiqati» ro’znomasi va
«Yer yuzi» oynomalarida chop etildi. Uning mashhur «Sandal va pechka», «O’z-o’zini
tanqid» kabi dostonlari 1936-1937 yillarda yaratildi.
Unda eskilik bilan yangilik, eski urf-odatlar bilan yangicha urf-odatlar qiyosiy tarzda
o’zining poetik ifodasini topdi. Hayotdagi, kishilar, xususan bolalar xarakteridagi ayrim
nuqsonlar beg’araz hajv qilindi.
Quddus Muhammadiy 1941—1944 yillarda mashhur xalq shoiri, baxshi Islom ota
huzurida uning dostonlarini yozib olish bilan mashg’ul bo’ldi. Urushdan keyingi yillarda
esa uning birinchi she’riy to’plami «Sinov» (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan so’ng
«O’quvchiga esdalik» (1947), «She’r va ertaklar» (1947), «Orzu» (1948), «Bahor keldi»
(1950), «Dunyoda eng kuchli nima?» (1951), «Qirq o’g’il va qiz» (1951), «Bizning
do’stlarimiz» (1952), «Sen tug’ilgan kun» (1952), «Yangi uy» (1953), «Mehribon
do’stlar» (1953), «Qo’ng’izboy bilan sichqonboy» (1955), «Tugmacha» (1956),
«Tanlangan asarlar» (1957) kabi o’ntadan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. Xususan, uning
to‘rt kitobdan iborat «Tabiat alifbosi» kitobi ma’lum va mashhur bo‘lib ketdi. «Ochil
dasturxon» (1970) kabi xalq og’zaki ijodi an’analari ruhidagi asarlari ham shuhrat topdi
va adibga cheksiz sharaf keltirdi. Uning «Qanotli do‘stlar» nomli she’riy kitobi 1970 yilda
Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. U ayni chog’da
O’zbekiston xalq shoiri ham bo‘ldi.
Q. Muhammadiy faqat bolalar shoirigina emas, bolalar adabiyotining tadqiqotchisi,
jonkuyari va targ’ibotchisi sifatida ham o‘nlab maqolalar yozdi. Xususan uning «Bolalar
adabiyotining yanada ravnaqi uchun (1961), «Bolalar adabiyotini o‘rganaylik» (1963),
«Ilhom bilan» (1967) kabi maqolalari shular jumlasidandir.
Quddus Muhammadiy mohir tarjimon sifatida mashhurdir. Uning S. Marshak, S.
Mixalkov, A. Baro, K. Chukovskiy asarlari tarjimasi o‘zbek bolalar adabiyotining ravnaqi
va taraqtsiyotida muhim rol o‘ynayi.
Q. Muhammadiy xoh shoir, xoh tadqiqotchi, xoh tarjimon sifatida faoliyat
ko‘rsatmasin, hamisha hamma o‘rinda bolalar kelajagi, kamoloti, ma’naviy shakllanishi
xaqida qayg’urdi. Ularning o‘qimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassis bo‘lishini orzu
qildi va nihoyat, buning uchun:
Bo‘lay desang bog’bon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaiki qilsang tilak
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
38
Bariga o‘qish kerak, —
degan xulosaga keldi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |