www.ziyouz.com кутубхонаси
54
AMIN UMARIY
(1918—1942)
Sho‘ro davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko’ringan vakili Amin Umariy 1913 yili
Qo‘qonda xizmatchi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Umar aka eski maktablarda
muallimlik qilgan. Ona Nisobibi didli, zukko ayol hisoblangan. Shu sabab bo‘lsa kerak,
Amin Umariy oilada yaxshi tarbiya ko‘rgan, xatli-savodli bo‘lib voyaga yetgan.
Uning bolaligi o‘lkada inqilobiy ko‘tarilishlar, ish tashlash qo‘zg‘olonlar avjiga
minayotgan davrga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, Qo‘qonda Muqimiy, Furqat, Zavqiy,
Anbar Otin kabi elparvar shoir va shoiralarning ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashi avj
olgan davr ham edi. Xususan, Hamza Hakimzodaning «Milliy ashulalar»i, S.Ayniyning
«Marseleza» kabi da’vatkor she’riyati Amin Umariyning ijtimoiy ongi o‘suvida, adib bo‘lib
yetishuvida muhim omil bo‘ldi.
U o‘rta maktabni tugatib, 1930-1935 yillarda Samarqand Davlat pedakademiyasiga
o‘qishga kiradi. Shoir 1935 yilda Samarqand dorilfununini a’lo baholar bilan yakunlaydi.
Bu yerda u H.Olimjon, Uyg’un, Oydin kabi iste’dodli adiblar bilan hamnafas bo‘ladi. 1937
yilda Samarqanddan Toshkentga ko‘chib keladi va shu yili O’zbekiston Yozuvchilari
uyushmasi a’zoligiga qabul qilinadi. Shoirning maktab yillarida boshlangan ijodi xuddi
shu davrga kelib gullay boshlaydi. Uning «Salom, maktab!» she’ri 1930 yilda bosilgan
bo‘lib, «Yangroq sadolar» nomli birinchi to‘plami 1932 yilda nashr etiladi. To‘plamdagi
ko‘pgina she’rlarda o‘sha davr uchun dolzarb bo‘lgan qishloq, sanoat, xotin-qizlar
ozodligi, ziyolilar hayotini ifodalovchi mavzular yetakchilik qiladi. Jumladan,
«Qaynayotgan seximiz» she’rida sanoat mavzui, «Bolshevik homiysi»da paxtakor
dehqon mehnati va «Zarbachi erlar» she’rida ma’rifat mavzui o‘z aksini topadi.
1938 yilga kelib, Amin Umariyshshg «Davr tantanasi» nomli ikkinchi she’riy to‘plami
yuzaga keladi. Mazkur to‘plamdagi she’rlar ancha puxta, mavzui jihatidan ancha boy edi.
Uning «Yoshlik» (1935) nomli to‘plami shoir ijodida ko‘tarilishdan darak beradi.
«Farzand» (1937), «Sadoqat» (1938), «Qo‘shiqlar», «Ijod bog’ida» kabi to‘plamlari
ketma-ket yaratildi. Shoir bu yillarda Toshkent Davlat pedagogika institutida muallimlik
qildi. «Guliston» oynomasida, O’zbekiston Davlat nashriyotlarida faollik ko‘rsatdi,
tarjimon va munaqqid sifatida qalam tebratdi.
Amin Umariy «She’rlar», «Bolalik qo‘shiqlari”, «Ovozim», «Quyosh jarchisi» (1939-
1941 yillar) kabi to‘plamlar yaratdi, bolalar shoiri sifatida «Bolalik qo‘shiqlari» (1938)
kitobini chop ettirdi.
Amin Umariy Ulug’ Vatan urushi yillarida yana ham jonbozlik ko‘rsatdi. Uning
«Qasamyod» (1942) nomli she’riy to‘plami o‘sha davr jangovar faxriyasi edi.
U dramaturg sifatida K. Yashin bilan birga «Hamza» (1941), Tuyg’un bilan birga
«Qasos» dramalarini yozdi va ularda urush davri kartinalarini chizishga intildi.
Nosir sifatida «Asad» (1932), «Qozon yo‘lida» (1838), «Toshotar» (1939) kabi hikoya
va ocherk to‘plamlarini yaratdi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
55
Shoir va dramaturg, nosir va tarjimon Amin Umariy avji ijodi qaynagan davrda —
1942 yil 14 noyabrda Bekobod safaridan qaytgach, betoblikdan vafot etadi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: |