Yuqorida keltirilgan risklarning tasnifi shartli ravishda bo’lib, har bir loyiha
uchun ahamiyatli risklarni aniqlash nuqtasiga yo’naltirish sifatida qaraladi. Bunday
risklar aniq holatlarda mutaxassislar va ekspertlar tomonidan tarmoqqa tegishliligi,
masshtablari,
tanlangan texnologiya, loyihani amalga oshirayotgan mamlakat va
boshqa loyihaning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, investitsiya loyihasini ishlab chiqishda
mazkur jarayon va loyihani amalga oshirish davrida yuzaga kelishi mumkin
bo’lgan risklarning har bir turini alohida hisobga olish, o’rganish, aniqlash va tahlil
qilish, ularni pasaytirish choralarini ishlab chiqish zarur bo’ladiki,
bu risklarga
qarshi kurashishning eng o’rinli, foydali vaqti va samarali usuli hisoblanadi. Bunda
risklarning o’ziga hos xususiyatlarini ham e’tiborga olish maqsalga muvofiqdir.
Masalan, ularning alohida turlari bir-birini qoplovchi “umumiy doira”ga ega.
1.3. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishda risklarni aniqlash va
baholashning nazariy-uslubiy asoslari
Investitsion loyihalarni amalga oshirishning maqsadga muvofiqlik
masalasini hal etishda risk tahlili asosiy o’rinni egallab, bu asosida loyiha
yuzasidan mumkin bo’lgan barcha yo’qotishlar o’rganilib, ularning oldini olish
yoki tegishli vaziyatlarda ularni benuqson hal etish yoki pasaytirish choralari
ishlab chiqiladi. Riskdan keladigan yo’qotishlarni
kamaytirish yoki barham
toptirish va ular bilan bog’liq salbiy oqibatlarni kamaytirish usullarini taklif etish
uchun, eng avvalo, risklarning vujudga kelishiga imkon beruvchi omillarni
aniqlash, ularning ahamiyatini baholash, ya’ni “risk tahlili” deb nomlanuvchi ishni
bajarish lozim bo’ladi.
Risk tahlilining maqsadi investorga investitsiya loyihasini amalga oshirishda
qatnashishning maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi
qarorlarni qabul qilish va
mumkin bo’lgan moliyaviy yo’qotishlardan himoyalanish bo’yicha chora-tadbirlar
ishlab chiqish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat. Shunga ko’ra,
risk tahlilini loyihaning barcha ishtirokchilari mustaqil tarzda olib borishlari
maqsadga muvofiqdir. Risk tahlili investitsion loyihaning barcha ishtirokchilari -
buyurtmachilar, pudratchilar, bank, sug’urta kompaniyalari,
lizing kompaniyalari,
mol etkazib beruvchilar tomonidan olib borilishi lozim. U, odatda, bir-birini
to’ldiruvchi ikki turga:
- risklarning turlari, omillari va doirasini aniqlash maqsadini ko’zlovchi sifat
tahlili;
- alohida risklar kabi loyihalarning ham hajmini hisoblash imkonini beruvchi
miqdoriy tahlil.
Risklarning sifat tahlili - risk omillarni va turlarini aniqlash maqsadiga ega.
Loyihaviy risklarning sifat tahlilini o’tkazish jarayonida loyiha bo’yicha aniq risk
turlari aniqlanadi, ularni paydo bo’lish sabalari o’rganiladi,
risklarni pasaytirish
barcha takliflarda loyihani amalga oshirish oqibatlari tahlil qilinadi. Loyiha
risklarining sifat tahlilida, eng avvalo, loyiha bo’yicha bari risk turlari aniqlanadi,
ya’ni loyiha riski tarkibidagi texnik risklar, loyiha qatnashchilari riski, siyosiy
risklar,
huquqiy risklar, moliyaviy risklar, marketing risklar, ekologik risklar,
xarbiy risklar, qurilish-ekspluatatsion risklar va boshqalar.
Risklarning miqdor tahlili - alohida risklar hajmini miqdor jihatdan aniqlash
imkonini beradi Loyiha risklarini miqdor jihatdan tahlil
qilishda quyidagi usullar
qo’llaniladi:
- sezgirlik tahlili
- stsenariy tahlili
- Monte-Karlo ulushida risklarni imitatsion modellashtirish.
Loyihaviy risklarning miqdoriy tahlilini o’tkazishda loyihaning hisob-
kitoblariga asoslanadi.
Miqdoriy tahlilning vazifasi loyiha samaradorligi mezonlariga asosan riskli
omillarning o’zgarishiga ta’sirini miqdor jihatdan o’lchash. Sezgirlik tahlili usuli
loyiha risklarini baholashdagi imkon beruvchi eng oddiy usul zararsizlik nuqtasi
tahlilidir. Zararsizlik tahlili deganda loyiha bo’yicha
ishlab chiqarish jarayonida
ishlab chiqarish hajmi, mahsulot tannarxi va foydaning bir-biriga bog’liqligini
tadqiq qilish tushuniladi. Loyihaning sezgirligi tahlilini o’tkazishning yana bir
usuli matematik dasturlashdir.
Dostları ilə paylaş: