1.2. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda risklarni hisobga olish va
ularning turlari
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish iqtisodiyotning
muayyan bir soha yoki tarmog’ida yangi ishlab chiqarish yoki xizmat
ko’rsatishning, yangi tadbirkorlarning kelishiga imkon beradi. Bunda investitsiya
loyihalarni muvaffaqiyatli tarzda ishlab chiqish va amalga oshirishning
samaraliligi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni muvaffaqiyatli jalb etish ma’lum
darajada uch guruh omillarga bog’liq bo’ladi.
Birinchidan, investitsiya quvvatining mavjudligiga. Uni tabiiy, mehnat
zahiralari, shuningdek, ishlab chiqarish, iste’mol, moliyaviy, innovatsiya,
institutsional va infratuzilmaviy quvvatlar tashkil qiladi.
Ikkinchidan, mamlakatdagi mavjud investitsiya sharoitlari muhim ahamiyatga
egadir. Bularga: umumiqtisodiy, siyosiy, me’yoriy-huquqiy, axborot bilan
ta’minlanish, ekologik, ijtimoiy va madaniy shart-sharoitlar kiradi.
Uchinchidan,
investitsiya
tavakkalchiligi
omillaridir.
Ular
xorijiy
investorlarning investitsiya quvvati va investitsiya sharoitlarining qulay
afzalliklaridan foydalanish bo’yicha vazifalariga qarama-qarshi turadi.
Barcha guruhlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’ladi. Misol uchun,
etarli darajada jalb qiluvchi bo’lmagan investitsiya sharoitlari, hatto, yuqori
quvvatli investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ham pasaytirib
yuboradi.
Investitsion loyihalar kelajakka tegishli bo’lganligi sababli, ularni amalga
oshirish natijalarini aniq taxmin qilish muammodir. Bunday loyihalar kutilishi
mumkin bulgan risklar va noaniqliklarni hisobga olgan holda bajarilishi kerak.
Investitsion qaror bir qator kutilishi mumkin bo’lgan oqibatlarga ega bo’lgan
hollarda, qaror riskli yoki noaniqliklarga ega deb ataladi.
|