Microsoft Word yuldashev aziz furqatovich doc


Bitiruv malakaviy ish mavzusining o’rganilganlik darajasi



Yüklə 448,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/22
tarix17.05.2023
ölçüsü448,3 Kb.
#115028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Loyihalarni moliyalashtirish

Bitiruv malakaviy ish mavzusining o’rganilganlik darajasi. Investitsiya 
loyihalarini amalga oshirishda risklarni baholashning nazariy asoslarini o’rganish 
bo’yicha o’zining muhim hissalarini qo’shgan xorijlik iqtisodchi-olimlar qatorida 
Беренс В., Хавранек П., Идрисов А., Картишев С., Гитмат Л., Коссов В., 
Липсиц И. va boshqalarni alohida tilga olish mumkin. 
O’z navbatida, Vatanimiz iqtisodchi-olimlari ham ushbu masalalar bo’yicha 
O’zbekiston Respublikasi amaliyotining tahlili asosida ilmiy tadqiqning xazinasini 
o’zlarining maqola va ilmiy chiqishlari orqali yanada boyitganlar. Ular qatoriga 
Sharifxo’jaev M., G’ozibekov D., O’lmasov A., Vohobov A., Abdullaev Yo., 
Abdullaeva Sh., Angelidi M., Karimov N., Nosirov E., Xo’jamqulov D. va 
boshqalarni kiritish mumkin. 
Malakaviy ishning maqsadi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda 
risklarni baholash va boshqarish yuzasidan xorij tajribasini o’rganish va tahlil 
qilish asosida, investitsion loyihalarni moliyalashtirish borasidagi risklarni 
boshqarishni takomillashtirish bo’yicha amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish 
hisoblanadi. 
Ushbu maqsadga erishish uchun malakaviy ishda quyidagi vazifalar 
belgilab olingan: 
-investitsion loyihalardagi risklar tushunchasining mohiyatini ochib berish 
va o’ziga xos xususiyatlarini asoslash; 
-investitsion loyihalardagi risklarni qiyosiy baholash va tegishli nazariy va 
amaliy xulosalarni shakllantirish; 
-respublikamiz amaliyotida investitsion loyihalarni moliyalashtirish va 
undagi risklarni boshqarish amaliyotini tahlil qilish va bu borada mavjud bo’lgan 
asosiy tendentsiyalarni aniqlash; 
-respublikamiz 
amaliyotida 
investitsion 
loyihalarni 
moliyalashtirish 
borasidagi risklarni boshqarishdagi xorij tajribasini o’rganish va ulardan 
O’zbekiston amaliyotida foydalanish yuzasidan amaliy xulosalarni shakllantirish; 
-mamlakatimizda investitsion loyihalarni moliyalashtirish borasidagi 
risklarni boshqarishni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan asosiy muammolarni 
aniqlash va asoslab berish;
-respublikamiz 
amaliyotida 
investitsion 
loyihalarni 
moliyalashtirish 
borasidagi risklarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan amaliy takliflar va 
tavsiyalar ishlab chiqish. 

Yüklə 448,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin