-moliyaviy holatning yomonlashuvi;
-huquqiy risklar.
Korxonada rejalashtirish va nazorat holatining qoniqarsiz ekanligi, rahbarlar
bilim va malakasining pastligi, korxona moliyaviy holatini baholash tizimining
takomillashmaganligi boshqarish samaradorligining past bo’lishiga olib keladi.
Korxonada quyidagi elementlarning buzilishi ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning raqobatbardoshligini pasaytiradi:
-sifatni boshqarish;
-tannarxni boshqarish;
-raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;
-kooperatsiya va hamkorlik;
-standart va me’yorlarga rioya qilish;
-raqobatbardoshlikni ta’minlash strategiyasi.
Korxonani asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, aylanma mablag’lar bilan
ta’minlash tizimi holatining yomonlashuvi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
qilishning qoniqarsiz holatda ekanligi korxona ishlab chiqarish salohiyatining
etishmasligiga olib keladi.
O’z navbatida, huquqiy risklarning manbalariga quyidagilar kiradi:
-litsenziyalar;
-patent huquqi;
-shartnomalarning bajarilmasligi;
-tashqi hamkorlar bilan sud jarayonlari;
-ichki sud jarayonlari;
-fors-major holatlar.
Fikrimizcha, kredit riski va kreditlash riski o’rtasidagi farqni unutmaslik
lozim. Bu ikkala tushuncha bir xil ma’noni anglatadigan tushunchalar emas.
Xalqaro banklar o’zlarining xalqaro kreditlar portfelini boshqarishda ichki
kreditlashda hech qachon uchramaydigan ikki turdagi riskka duchor bo’ladilar: a)
regional risk; b) valyuta riski.
Ssuda bo’yicha to’lovsizlik riski ichki kreditlashda ham, xalqaro kreditlashda
ham hisobga olinadi.
Xulosa qilib aytganda, investitsion loyihalarni moliyalashtirishdagi risklar
moliya-pul muomalasiga xos bo’lgan risklar bo’lib, ularni yuzaga keltiruvchi
sabablar, mohiyatiga ko’ra, ichki va tashqi sabablarga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: