Microsoft Word yuldashev aziz furqatovich doc



Yüklə 448,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix17.05.2023
ölçüsü448,3 Kb.
#115028
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Loyihalarni moliyalashtirish

Ekologik risk: 
Ekologik noqulay hududlar mavjudligi 


*** 
Zararli chiqindilarni chiqarib tashlash
natijasida atrof-muhitning zararlanishi 
** 

*** 
Radiaktiv fon o’rtacha darajasi 


** 
Manba: ETTB va Jahon bankining alohida mamlakatlar bo’yicha olib borgan tadqiqotlariga asoslangan yillik 
hisobotlaridan olingan tahliliy materiallaridan foydalanilgan holda baholandi. 
Izoh: * - eng kam xatar, ** - o’rtacha xatar, *** - yuqori xatar. 


Loyiha riski – bu investitsion loyihani amalga oshirishga halaqit beradigan 
yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig’indisidir. 
Risk tushunchasiga juda ham yaqin bo’lgan noaniqlik tushunchasi ham 
mavjud bo’lib, u riskning anik turlarini tasniflash uchun “risk” atamasining 
sinonimi sifatida qo’llaniladi. Noaniqlik deganda, investitsion loyihani amalga 
oshirish shart-sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni to’la yoki aniq emasligi 
tushuniladi. Masalan, inflyatsiya haqidagi, texnika va texnologiyalardagi 
o’zgarishlar haqidagi, loyiha quvvatining, ob’ektning qurilish va foydalanishga 
topshirish muddatlari, xarajat va natijalarning noto’g’ri hisob-kitobi kabi 
ma’lumotlarning to’la yoki aniq emasligi natijasida noaniqlik kelib chikadi. 
Bundan tashqari noaniqlik deganda, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy holatga 
etarlicha baho bermaslik va boshka shu kabilar tushuniladi. Loyihani amalga 
oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog’liq ko’ngilsiz holatlar va 
oqibatlar noaniqligi risk tushunchasi bilan izohlanadi. 
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr 
ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa 
bunday ehtimollik o’tgan va kelasi davr ma’lumotlari etishmasligi yoki to’la 
emasligi sababli sub’ektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. har qanday holda 
ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab 
va taklif, ishlab chiqarish va sotish va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi 
sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo’lishi mumkin. Chunki o’tgan davr 
ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan 
o’tgan rivojlanish tendentsiyasini aniqlash mumkin. 
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo’qotish va zararlarga 
bog’liq bo’lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorligini 2 - chizma 
rasm orqali ifodalash mumkin. 

Yüklə 448,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin