Mikrobiologiya



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#158928
1   2   3
Mikrobiologiya (2)

(Bacillus subtilis)
ham faol qatnashadi (25-rasm, b). 
Oqsilning anaerob sharoitda parchalanishida qatnashadigan basillus 
putrifikans 
(Bacillus putricus)
ning bor-yo‘qligini aniqlash uchun 
kolbadagi suvning pastki qatlamidan bir tomchi eritma olib mazok 
tayyorlanadi. 
Mazok (surtma) quritilgandan so‘ng bo‘yaladi va 
mikroskopda tekshiriladi. Bo‘yalgan mazokda spora hosil qiluvchi, 
baraban tayoqchasi shaklidagi basilla borligi ko‘rinadi (26-rasm, v).
Proteus vulgarus 
(Proteus vulgaris)
nomli bakteriya esa ingichka 
tayoqchalar shaklida ko‘rinadi. Bu bakteriya spora hosil qilmaydi. 
Oqsilning parchalanishi natijasida indol va N 2S hosil bo‘ladi. Agar 
muhitga uglevod berilsa, bu holda karbonat angidrid va vodorod gazlari 
ham ajraladi. 
Proteus vulgaris
fakultativ anaerob bakteriya bo‘lib, aerob 
va anaerob sharoitda hayot kechiradi.
24 - rasm. Ammonifikatsiya jarayonida qatnashadigan mikroorganizmlar: 
a - basillus mikoydes 
(Bacillus mycoides);
chap tomonda spora hosil qilish 
oldidagi vegitativ hujayralar, o‘ng tomonda koloniyalari.
22


26 - rasm. Ammonifikatsiya jarayonida qatnashadigan mikroorganizmlar:
v - 
basillus putrifikus (Bacillus putricus);
g - 
proteus vulgaris (Proteus
vulgaris).
Sinov savollari:
1. Oqsil chirishi jarayonida qanday bakteriyalar ishtirok etadi?
2. Ammonifikatsiya jarayonini qanday tekshiriladi?
3. Ammonifikatsiya jarayonida qaysi mikroorganizmlar qatnashadi?
4. Ammonifikatsiya deb nimaga aytiladi?
9-LABORATORIYA ISH I 
SPIR TLI B IJG ‘ISH VA BU JARAYONNI Q O ‘Z G ‘O VCHI 
T IR IK O RGANIZM LAR
K erakli jihozlar: mikroskop, kolbalar, egri shisha nay o ‘rnatilgan 
kauchuk tiqin, suvli idish, probirkalar, quruq achitqi, pivo achitqisi, suv 
hammomi, termometr, shakarning 10% li eritmasi, ishqorning 10% li
23


eritmasi, buyum va qoplagich oynalar, yod eritmasi, hovoncha.
N azariy tushuncha: Spirtli bijg‘ish. Tabiatda mikroorganizmlarning 
foydali va foydasiz turlari juda ko‘p tarqalgan. Shuning uchun zararli 
mikroorganizmlarning hayot jarayonlari o ‘rganilib, ularga qarshi kurash 
choralari ishlab chiqilmoqda. Foydali mikroorganizmlarning hayot 
jarayonida hosil bo‘ladigan mahsulotlarni xalq xo‘jaligida ishlatish uchun 
ularning faol shakllaridan foydalanilmoqda. Bu organizmlardan to ‘g ‘ri va 
samarali foydalanish uchun tabiatda eng muhim hisoblangan spirt, sut, 
moy, kletchatka, pektin kabi moddalarning bijg‘ish jarayoni bilan, 
shuningdek, spirtning oksidlanishi natijasida sirka kislota hosil bo‘lish 
yo‘llari bilan qisqacha tanishib o ‘tish zarur.
Vino tayyorlash usullari qadimdan m a’lum bo‘lishiga qaramay, 
shakarning parchalanishi natijasida etil spirt hosil bo‘lishi XVII asr 
oxiridagina aniqlangan. 
Lavuaze 
m a’lumotiga ko‘ra, 
shakarning 
parchalanishi natijasida etil spirt va karbonat angidrid ajralib chiqadi. Bu 
reaksiya tubandagicha boradi:
S
6
N
12
O
6
^ SN
3
SN
2
ON + 
2
SO
2
+ 25 kkal.
Spirtli bijg‘ish jarayoni tirik organizmlar ishtirokida borishini, ya’ni 
biologik jarayon ekanligini Lui Paster 1858 yilda ko‘rsatib o ‘tdi. Bu 
davrgacha spirtli bijg‘ish jarayoni kimyoviy reaksiyalardan iborat hodisa 
deb qaralgan, xolos.
Spirtli bijg‘ish jarayoni 
sacharomyces
oilasiga kiradigan achitqi 
zamburug‘larining ishtiroki bilan borishini ham Lui Paster aniqlagan. Bu 
jarayon havosiz sharoitda borganligini nazarda tutib, u bijg‘ish — 
anaerob sharoitdagi hayot ekanligini uqtirib o ‘tgan.
Ba’zi mog‘or zamburug‘lari ham bijg‘ish jarayonini qo‘zg‘aydi. 
Lekin bular ta’sirida hosil bo‘lgan spirt miqdori 5-7% dan oshmaydi. 1 g 
shakar bijg‘ishi natijasida 0,5 g chamasi spirt va boshqa mahsulotlar 
(sirka aldegid, glitserin, butil, izobutil va amil spirtlar, sirka va kahrabo 
kislotalar) 
hosil 
bo‘ladi. 
Shakarning 
1-5% 
ga 
yaqin 
qismi 
zamburug‘larning oziqlanishi vaqtida sarf bo‘ladi. Reaksiya vaqtida 
ajralib chiqqan 25-27 kkal ga yaqin energiya zamburug‘larning hayot 
faoliyatida sarflanadi.
Achitqi zamburug‘lari fakultativ anaerob organizmlar qatoriga kirib,
24


aerob sharoitda ham hayot kechira oladi. Achitqi zamburug‘larining 
aerob sharoitdagi hayot faoliyati natijasida shakarning ko‘p qismi suv va 
sirka kislotagacha parchalanib ketadi. Bunda spirt kam hosil bo‘ladi. 
Bulardan tashqari, aerob sharoitda zamburug‘larning ko‘payish jarayoni 
ham tezlashadi. Shundan foydalanib, achitqi zamburug‘larini to ‘plab 
olish maqsadida, bijg‘ish jarayonida oziq muhiti ichiga havo yuborib 
turiladi.
Anaerob sharoitda 10-15% 
gacha etil 
spirt 
to ‘planadi. 
Agar 
bijg‘ish vaqtida muhitga natriy sulfit tuzi (Na2SO3) qo‘shilsa, spirt 
o ‘rniga 25% ga yaqin glitserin to ‘planadi. Demak, spirtli bijg‘ish 
jarayonidan glitserin tayyorlash sanoatida ham foydalaniladi.
Spirtli bijg‘ish jarayoni normal o ‘tishini ta’minlash uchun PN=3-6, 
harorat esa 25-40° bo‘lishi kerak. Azot manbai sifatida pepton, 
aminokislotalar va ammiakdan foydalanish mumkin.
Ishning borishi: Bu mashg‘ulotni o ‘tkazish uchun avval 3-5 g quruq 
achitqiga shakarning 10% li eritmasidan 10 ml qo‘shib, hovonchada 
eziladi (eritiladi) va 40-60 minut tindiriladi. So‘ngra 100 ml hajmli 
kolbaga shakarning 10% li eritmasidan 50 ml quyib, unga yuqoridagicha 
tayyorlangan achitqi-shakar aralashmasi qo‘shiladi. Qolbaning og‘zi egri 
shisha nay o ‘rnatilgai kauchuk tiqin bilan mahkam bekitiladi. Bijg‘ish 
jarayoni faol o ‘tishi uchun kolba 30-35°C li suv hammomiga joylanadi 
(37-rasm). Nayning ikkinchi uchiga suv to ‘ldirilgai probirka to ‘nkarib 
kiygizilib, suvli idishga botirib qo‘yiladi (38-rasm). Oradan 20-30 minut 
o ‘tgach, bijg‘ish jarayoni vaqtida ajralib chiqayotgan karbonat angidrid 
(CO2) probirkaga to ‘planadi. Keyin probirkaning og‘zi barmoq bilan 
bekitilib, pastga qaratilgan holda barmoq olinadi va darhol 10% li ishqor 
quyilgan stakanga botirib qo‘yiladi. Probirkadagi CO2 gazi ishqor bilan 
reaksiyaga kirishadi. Undagi gaz o ‘rnini ishqor oladi, ya’ni probirkani 
to ‘ldiradi. Ayni vaqtda kolbadan ajralib chiqayotgan gaz ikkinchi 
probirkaga to ‘ldirib olinadi va u yonishga yordam bermaganligi 
aniqlanadi.
25


37 - rasm. Suv hammomi.
Achitqi 
zamburug‘larini 
mikroskopda 
ko‘rish 
uchun 
pivo 
achitqisidan foydalanish mumkin. Agar pivo achitqisi bo‘lmasa, quruq 
achitqi (xamirturush) suvda eziladi va eritiladi. Shu tartibda tayyorlangan 
eritmadan buyum oynasiga bir tomchi tomizib, usti qoplagich oyna bilan 
yopiladi.
38 - rasm. Spirtli bijg‘ish jarayonini kuzatish asbobi: 
a - shakar bilan achitqi aralash eritma solingan kolba; b - suv hammomi; v -
spirtli bijg‘ish vaqtida ajralib chiqqan CO2 gazini to‘plab olish uchun qo‘yilgan 
probirka; g - shtativ; d - spirt lampasi.
Preparatda kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payayotgan saxaromises 
sereviziya nomli zamburug‘ borligi ko‘zga tashlanadi. U oval shaklda 
bo‘ladi. Shu preparatning o ‘zida boshqa shakldagi zamburug‘larni ham 
ko‘rish mumkin (39-rasm).
26


39 - rasm. Achitqi zamburug‘lari: 
a -

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin