Mikrobiologiya va immunologiya



Yüklə 2,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/46
tarix21.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#188224
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
Umumiy mikrobiologiya

Biologik omillar ta’siri. 
Mikroorganizmlar tabiatda biotsenozning tarkibiga kiradi. Mikroblar 
tabiatda assotsiatsiyada bo‘lib, ular orasida doim yashash uchun kurash bo‘lib 
turadi. Shu muhitga yashashga ko‘nikkan turlar, yangilariga nisbatan antagonistik 
xususiyati kuchli bo‘ladi. Masalan, sut-qatiq bakteriyalari ichburug‘, o‘lat va 
boshqa qo‘zg‘atuvchilarga antagonistik ta’sir qiladi. Ko‘k yiringli tayoqcha, 
shigellalar, salmonellalar, kuydirgi, vabo vibrioni, stafilokokk, meningokokklar va 
boshqalar o‘sishini to‘xtatadi. Ayniqsa, odam organizmi normal mikroflorasi 
E.koli, Str.fecalis, laktobakteriyalar, aktinomitsetlar kuchli antogonistik 
xususiyatga ega. Mikroblar har xil guruhlari orasida bir necha tip o‘zaro 
munosabat yotadi:
1.
Simbioz - har xil organizmlarni o‘zaro foyda keltirib birga yashashi. 
(achitqisimon zamburug‘lar va lyambliyalar). 
2. Metabolizm - bir mikroorganizm boshqasi boshlagan jarayonni davom ettiradi 
(nitrifikatsiyalovchi va ammoniy fiksatsiyalovchi boshqalar). 
3.
Satellizm - birga yashovchilardan biri boshqasining o‘sishini stimulyasiya 
qiladi (achitqilar, sarsinalar). 
4.
Sinergizm - mikroblar birlashmasi a’zolarining fiziologik vazifalarining 
kuchayishi. 
5. Viroforiya - (fuzabakteriyalar va borrelsiyalar) viruslar va bakteriyalarning 


78 
(virogeniya) birga yashashi. 
6. Antagonizm - har xil turlarni biologik mos kelmasligi. Paster zamonidan 
ma’lum misollar: kuydirgi batsillalar va gemolitik streptokokk, korinebakteriyalar- 
gemolitik streptokokk, stafilokokk - zamburug‘lar. 
Tashqi muhit omillarining mikroorganizmlarga ta’siridan vrachlar amaliyotida 
patogen mikroblarga qarshi kurashda (sterilizatsiya, pasterizatsiya, dezinfeksiya va 
boshqalar) foydalaniladi. 
Sterilizatsiya (naslsizlantirish) 
- sterillanadigan ob’ektdagi hamma tirik 
organizmlarni (patogen, nopatogen, sporali, sporasiz) yo‘qotish. Sterillashning 
quyidagi usullari ajratiladi: 
1. Qaynatish bilan sterillash –“sterilizator” deb ataladigan,qopqog‘i zich 
yopiladigan, ikkita ushlagichi bor metall idishlarda o‘tkaziladi. Ammo spora hosil 
qiladigan patogen mikroblar saqlagan buyumlarni sterillab bo‘lmaydi. Shpritslar, 
ignalar, rezina buyumlar - sterillanadi. 
2. Quruq issiq bilan sterillash - Paster pechkalarida olib boriladi. 150
0
S -2 soat, 
160
0
S- 1 soat, 180
0
S-30 daqiqa, 200
0
S-10-15daqiqa. 170
0
S da qog‘oz va paxta 
sarg‘ayadi. Laboratoriya idishlari, doka, paxta, fil’tr qog‘ozi sterillanadi. 
3. Bug‘ bilan bosim ostida sterillash - avtoklavlarda olib boriladi. Normal 
atmosfera bosimi (760 mm simob ustuni) “O” deb olinadi, odatda 120
0
S (1 atm). 
20-30 daqiqa sterillanadi. Sterillanganini bilish uchun ma’lum haroratda eriydigan 
kimyoviy indikatorlar qo‘shiladi: 
Benzonaftol -110
0

Antipirin -115
0

Rezorsin -118
0

Benzoy kislotasi - 121
0
S shpritslar, ignalar, rezina buyumlar, bog‘lovchi 
materiallar, uglevodli muhitlar laboratoriya idishlari sterillanadi: 
4. Oqib turgan bug‘ bilan sterillash - Kox apparatlarida olib boriladi. Vitamin, 
oziqli muhitlar, oqsilli, uglevodli muhitlar sterillanadi. 
5. Bakterial fil’trlar orqali mexanik sterillash - qon zardobi, vitaminlar va 
boshqalar sterillanadi. 


79 
6. Alangada – bakterial sirtmoqlar. 
7. Xona havosi - UBN. 
Pasterizatsiya - 65°S dabir marta sterillash. (sut, musallas, pivo, meva sharbatlari).
Tindalizatsiya - 60-65°S da bo‘lib-bo‘lib 5 kun davomida sterillash. 

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin