Mikrobiologiya va immunologiya


Oldini olish - sterillash



Yüklə 2,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/46
tarix21.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#188224
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
Umumiy mikrobiologiya

Oldini olish - sterillash. 
Aseptika usuli mikroorganizmlar va ularning sporalarini yo‘q qilish uchun 
fizikaviy va kimyoviy omillarni qo‘llashni talab qiladi. 
Fizikaviy omillardan ko‘proq, mikrob hujayrasi oqsilni ivitadigan yuqori 
harorat ta’siridan foydalaniladi. 
Ul’trabinafsha nurlar bakteritsid ta’sir qiladi. Ularning ta’sirida havodagi, 
to‘qimalar yuzasidagi, teridagi, devordagi va xonaning polidagi mikroblar o‘ladi. 
Oxirgi paytda γ - nurlar keng qo‘llana boshlandi, ularning manbasi radioaktiv 


82 
izotoplar 60 SO va 137S. 
Suyuq moddalarni mikroblardan bakterial suzgichlar orqali o‘tkazib 
sterillanadi. 
Kimyoviy moddalar bakteritsid ta’sir ko‘rsatish bilan birga, asbob va 
materiallarni buzmasligi kerak.
Jarohatga mikroblarni tushirmaslikni oldini olish uchun qo‘shimcha choralar 
katta ahamiyatga ega: jarohat chetiga toza salfetkalar qo‘yish, vaqti-vaqti bilan 
asboblarni va kiyim-boshlarni almashtirish, “iflos” operasiyadan so‘ng jarroh 
qo‘lini qayta yuvish yoki qo‘lqopini almashtirish, operatsiyani to‘xtatishga majbur 
bo‘lganda jarohatni yopib qo‘yish, shuningdek operatsiyadan so‘ng bog‘lab 
qo‘yish. 
Aseptikaning muhim choralaridan biri, jarrohlik bo‘limlari va operatsion 
xonalarni to‘g‘ri rejalashtirish, havo-tomchi va kasalxona ichidagi infeksiyani 
oldini olishda katta rol’ o‘ynaydi. Xodimlarni sog‘lomlashtirish ham juda muhim 
choradir. Oxirgi yillardagi tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, ko‘pincha jarrohlik 
infeksiyasining manbai tamog‘ida, burun-halqum bo‘shlig‘ida antibiotikga 
chidamli flora saqlagan tibbiy xodimlar ekanligi aniqlangan. 
Antiseptika tushunchasi va unnng mikrobiologik asoslari. 
Antiseptika (grekcha anti - qarshi, septirol - yiring chiqaradigan, chiri-
tadigan) jarrohlik (jarohat) infeksiyasini boshlanishida, uning qo‘zg‘atuvchisiga 
ta’sir etish yo‘li bilan davolash va oldini olish usuli tushunilgan. Hozirgi paytda 
“antiseptika” atamasi deganda, jarohatda, patologik hosilada yoki butun 
organizmdagi mikroblarni yo‘q qilishga qaratilgan davolash va oldini olish 
kompleksi tushuniladi. Qadimgi vrachlar jarohatni zararsizlantirish kerak 
ekanligini tushunishgan. Bu maqsad uchun ular qizdirilgan temir, qaynayotgan 
yog‘, sirka, ohak va boshqalardan foydalanganlar. (Gippokrat, Sel’s, Ibn Sino va 
boshqalar). 
Antiseptika atamasining kelib chiqishi va bu usulning rivojlanishi, 1863 yilda 
bijg‘ish va chirish mikroblarning tushishi bilan amalga oshishini ko‘rsatib bergan, 
Lui Paster nomi bilan bog‘liq. Pasterning g‘oyasini jarrohlikka etkazib, Lister 


83 
jarohatning yiringlashi unga bakteriyalarning tushishi va rivojlanishi bilan bog‘liq 
ekanligini ilmiy asoslab berdi va antiseptikaga asos soldi. U hamma operatsiya 
bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarni va jarohatni karbol kislotasi bilan ta’sir etishni 
taklif kildi. Antiseptikaning quyidagi turlarini ajratishadi: mexanik, fizikaviy, 
kimyoviy, biologik va aralash. 
 
Mexanik antiseptika:
Jarohat infeksiyasini oldini olish va davolashda 
zararlangan va o‘lgan to‘qimalarni mexanik ravishda olib tashlash muhim rol 
o‘ynaydi. Jarohatga birlamchi jarrohlik ishlov berish mexanik antiseptikaning eng 
ko‘p qo‘llanadigan turidir. 
Jarohatda mikroblarning sonini ozaytirish va ularga noqulay sharoit yaratish 
uchun, mexanik antiseptika jarohatni tozalashda keng qo‘llaniladi. Yot tanalarni 
olib tashlash, o‘lgan to‘qimalarni olish, jarohatni yuvish, berk joylarni ochish va 
boshqalar jarohatni tozalashga yo‘naltiriladi. 
 
Fizikaviy antiseptika:
jarohat infeksiyasini davolash va oldini olishda muhim 
usullardan biri bo‘lib, mikroorganizmlarni o‘ldirish yoki ularni miqdorini 
kamaytirish, zaharlarini emirish har xil fizik omillarni qo‘llash bilan olib boriladi. 
Fizikaviy antiseptikaga gigroskopik borlash, gipertonik eritmalarni qo‘llanish, 
yorug‘lik, quruq issiq, ul’tratovush, ul’trabinafsha nurlash kabi omillar ta’siri 
kiradi. 
 
Kimyoviy antiseptika:
bakteritsid va bakteriostatik ta’sir ko‘rsatadigan har 
xil kimyoviy moddalarning qo‘llanishi. Antiseptik moddalar kimyoviy 
birikmalarning turli sinflariga kiradi. Ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
1. Galoidlar - xlor, yod preparatlari; 
2. Oksidlovchilar - vodorod peroksidi, gidroperit, kaliy permanganat, bartole tuzi; 
3. Kislotalar - benzoy, bor, bromsalitsil, salitsil, sulfat, sirka va boshqalar; 
4. Ishqorlar - ammiak, bikarmint, soda va boshqalar; 
5. Og‘ir metall tuzlari - alyuminiy, vismut, mis, simob, qo‘rg‘oshin, kumush va 
boshqalar; 
6. Spirtlar – etil, izopropil, xlor-etil; 
7. Aldegidlar - formal’degid, urotropin; 


84 
8. Fenollar; 
9. Bo‘yoqlar - brilliant yashili, gensian violet, metilviolet va boshqalar; 
10. Nitrofurin xosilalari - furatsilin, furadonin, furazolidon; 
11. Yuza aktiv moddalar yoki detergentlar; 
12. Fitonsidlar; 
Biologik antiseptika:
to‘ppa-to‘g‘ri mikroorganizmlarga yoki ularning 
zaharlariga makroorganizm orqali ta’sir qiladigan preparatlarning qo‘llanishi. 
To‘ppa-to‘g‘ri mikroorganizmlarga ta’sir qiladigan preparatlarga: 
1. Bakteritsid va bakteriostatik ta’sir qiladigan antibiotiklar; 
2. Bakteriofaglar; 
3. Antitoksinlar (qoqsholga qarshi, bo‘g‘maga qarshi va boshqalar) kiradi. 
Organizmga yuboriladigan vaksinalar, anatoksinlar, immunoglobulinlar, qon, 
plazma va boshqa preparatlar makroorganizm orqali, uning immunitetini oshirib 
ta’sir kiladi. 
Aralash antiseptika: 
yuqorida aytilganidek, antiseptikaning ko‘pchilik turlari 
mikrob hujayrasiga va makroorganizmga ta’siri bir mexanizmdan iborat 
bo‘lmasdan, ko‘proq kompleks ta’sir ko‘rsatadi. Aralash antiseptikaga misol 
bo‘lib, jarohatni zamonaviy davolash taktikasi kiradi. 
Birlamchi jarrohlik ishlov berish “mexanik” va kimyoviy antiseptika, (albatta 
biologik antiseptika bilan to‘lg‘aziladi) qoqsholga qarshi immun zardob, 
antibiotiklar va fizioterapevtik davolash (fizakaviy antiseptika) buyuriladi. 
Antiseptik moddalardan foydalanish usullariga qarab: 
1. Joydagi antiseptika
2. Umumiy antiseptikaga ajraladi. 
Birinchisi o‘z navbatida: 
1. Yuzaki 
2. Chuqur antiseptikaga bo‘linadi 
Yuzaki antiseptikada preparatlar sepish, malham, applikatsiya jarohatni 
yuvish; ikkinchisida preparat jarohat to‘qimasiga yoki yallig‘langan joyga 
yuboriladi. 


85 

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin