24
2. Balg‘amda sil tayoqchalar aniqlandimi?
3. Ha bo‘lsa, unda ular qanday rangga bo‘yalgan?
16-masala.
Surtmada
Siz qizil, dumaloq, terminal joylashgan hosilali ko‘k
tayoqchalarni aniqladingiz.
1. Bu hosila qanday nomlanadi?
2. Bakteriyalarda ular qanday vazifani bajaradi?
3. Qaysi bo‘yash usuli qo‘llanilgan?
17-masala.
Hujayrada gensianviolet bo‘yog‘ini ushlanib qolish xususiyatiga ko‘ra
bakteriyalarni farqlashni hohlaysiz. Qaysi bo‘yash usulini qo‘llaysiz?
18-masala.
Uzoq antibiotikoterapiya kursini o‘tayotgan bemorning, og‘iz
bo‘shlig‘i shillig‘i pardasidan tayyorlangan surtmani, mikroskop ostida ko‘rilganda
bitta-bitta, juft yoki kalta zanjir ko‘rinishida
joylashgan, yirik ovalsimon va
uzunchoq mikroorganizmlarni aniqladik.
1.Mikroorganizmlarni qaysi guruhiga ularni kiritish mumkin
2. Ushbu kasallikni kelib chiqish sababi?
19-masala.
“Ezilgan tomchi”
preparatida septali mitseliy, konidiyali septasiz
konidiyatashib yuruvchi va o‘simliklarga suv sepadigan
idishdan tushayotgan
suvni eslatuvchi ekzosporalari bor zamburug‘lar aniqlandi.
1.Zamburug‘ni qaysi urug‘ga tegishliligini aniqlang.
20-masala.
“Ezilgan tomchi” preparatida septasiz mitseliy, boshcha ko‘rinishidagi
sporongiyalari bo‘lgan, septasiz sporangiya
tashib yuruvchilari bor, endosporalar
saqlovchi zamburug‘lar aniqlandi.
1. Zamburug‘ni qaysi urug‘ga tegishliligini aniqlang.
21-masala.
“Ezilgan tomchi” preparatida septali mitseliy, konidiyalar va
mo‘yqalamga o‘xshash bo‘lgan septali konidiya tashib yuruvchi zamburug‘lar
aniqlandi.
Dostları ilə paylaş: