22
hujayralari
esa noksimon, duksimon va amyobaga o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchiligi esa silindrik hujayralarning birlashishidan mitseliy hosil qiladi.
Zamburug‘lar tuzilishi bo‘yicha suv o‘tlariga o‘xshash bo‘lib, ajralib turadi, bir
yoki bir necha yadro, hujayra devori va sitoplazmatik pardadan iborat. Yosh
kulturalarning sitoplazmasi gomogen bo‘lib, etilganlari
donachalardan tashkil
topgan. Sitoplazmasida mitoxondriya, Goldji apparati, vakuola,
turli kiritmalar
(glikogen, volyutin, lipid, organik tuzlarning kristallari, pigmentlar) bor.
Zamburug‘lar hujayrasining struktural komponentini mitseliylar tashkil
etadi. Ular shoxlangan, rangsiz, yo‘g‘onligi 1-10 mkm, uzunligi 4-70 mkm,
iplardan (giflardan) iborat. Zamburug‘larning ayrim
turlaridagi mitseliylar
bo‘g‘insiz hujayralardan (Mucor), ayrim oliy zamburug‘lar mitseliylari ko‘p
hujayrali, achitqisimon zamburug‘larda esa (Candida) soxta mitseliylar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: