Mikrobiologiya va immunologiya


Viruslarning o‘stirilishi



Yüklə 2,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/46
tarix21.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#188224
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
Umumiy mikrobiologiya

Viruslarning o‘stirilishi. 
Viruslar qat’iy hujayra ichida yashovchi parazitlar bo‘lib, organizmdan 
tashqarida to‘qima elementlari bo‘lmagan sun’iy oziqli muhitlarda o‘smaydi, 
to‘qima kulturalarida, tovuq embrionida (xorioallantois, amnion, sariqlik qopchasi) 


42 
va laborator hayvonlar organizmida o‘stiriladi. Virus bilan zararlangan 
hujayralarda quyidagi xususiy o‘zgarishlar ketadi: 
1.
Sitopatik ta’sir yoki effekt 
2.
Hujayra ichi kiritmalar yoki viroplastlar hosil qilish 
Babesh - Negri tanachalari - quturish kasalligida- nerv xujayralari 
sitoplazmasida, Gvarnieri va Pashen tanachalari - suv chechakda epiteliy 
xujayrasida hosil bo‘ladi. 
 
 
Viruslarning hujayra bilan o‘zaro munosabati. 
Virionnning sintezi organizmda, moyil hujayra ichida ketadi. Viruslar 
reproduksiya mexanizmi murakkab bo‘lib, bir necha davrdan iborat: 
1.
Viruslarni yutilishi (adsorbsiyasi) (murakkab viruslarning o‘simtalari, 
kapsidning oqsillari orqali) 
2.
Virusning hujayraga kirishi, bu to‘g‘risida ikki xil fikr bor: 
a) virus hujayra tomonidan “ushlanib” yutib yuboriladi, bu jarayon
viropeksis deyiladi 
b) virus oqsilli qavatdan hujayra yuzasidan halos bo‘ladi. 
3. Virusni tuzadigan komponentlarining sintezlanishi 


43 
4. Virus oqsillarining sintezi 
5. Virionning shakllanishi (morfogenezi) 
6. Viruslarning hujayradan chiqishi: 
a) “portlash” yo‘li; b) sizib chiqish, kurtaklanish yo‘li 
Virus hujayra bilan o‘zaro munosabatining quyidagi turlari tavofutlanadi:
1.
Produktiv tur yangi virionlar hosil bo‘ladi, hujayra o‘ladi; 
2.
Abortiv tur hujayra funksiyasi normallashadi, virus esa o‘ladi; 
3.
Virogeniya virus bilan hujayra birgalikda yashaydi, bir necha nasldan 
so‘ng hujayra o‘ladi, yangi virionlar hosil bo‘ladi. 

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin