37
VIRUSLARNI MORFOLOGIYASI VA STRUKTURASI
Virusologiya –viruslar to‘g‘risidagi fan, mustaqil genomga ega bo‘lgan va
faqatgina yuqori taraqqiy etgan mavjudotlarning hujayralarida ko‘paya
oladigan
hujayrasiz xayot shakllari – viruslarni o‘rganadi.
Virus so‘zi lotincha “virusis” – o‘simlik zahari degan ma’noni anglatadi.
Virion bu virusning hujayradan tashqari, erkin shaklidar.
Viruslar quyidagi
xususiyatlar bilan xarakterlanadi.
1.
O‘lchami juda kichik – nm da o‘lchanadi;
2.
Hujayra tuzilishiga ega emas;
3.
Dis’yunktiv (alohida) usulda ko‘payishi;
4.
Faqat bitta nuklein kislota yoki DNK yoki RNK saqlaydi;
5.
Absolyut parazitligi.
Kapsid – alohida tuzilishga ega bo‘lgan, berk shaklidagi virusning qavatidir.
Bunday tuzilishga ega bo‘lgan viruslar oddiy viruslar deyiladi. Ayrim viruslar
murakkabroq tuzilishga ega bo‘lib (gripp virusi), yana superkapsid peplos qavatiga
ega.
Superkapsid – hujayra yoki virus hisobiga hosil bo‘lgan
materialdan tashkil
topgan qavat.
38
Kapsid birligi kapsomer (cansa-yashik, quti degan ma’noni bildiradi) dir,
ularning joylashishiga qarab barcha viruslar 2 ta asosiy gruppalarga bo‘linadi:
1.
Spiral (burama) simmetriyali viruslar
2.
Kubsimon simmetriyali viruslar
Spiralsimon viruslarda kapsomerlar burama shaklda joylashib, nuklein kislota
ham burama kabi o‘ralgan. Kubsimon simmetriyali viruslarda kapsomerlar
kubning
burchagi tepasida oktaedr, ikosaedr va boshqa shakllarini uchlarida
o‘ralgan.
Kapsid nuklein kislotasini tashqi noqulay ta’sirlardan
saqlaydi, viruslarni
hujayraga so‘rilishi (adsorbsiyasini) ta’minlaydi,
kapsid bilan viruslarning
antigenligi va immunogenli xususiyatlari bog‘liqdir.
Superkapsid oqsillari lipoproteidlardan, glikoproteidli o‘simta, tikanaklardan
iborat. Bu “o‘simtalar” retseptor vazifasini o‘taydi va virus hujayra yuzasiga
adsorbsiyalanadi. O‘simtalar parranda eritrotsitlarini o‘ziga
yopishtirgani uchun
geaaglyutininlar deb ham ataladi. Superkapsidda yana neyraminidaza fermentiga
(N) ega, u esa virusni xo‘jain hujayraga kirishi va chiqishini ta’minlaydi.
39
Hozirgi zamon viruslar klassifikatsiyasi quyidagi
asosiy mezonlarga qarab
o‘tkaziladi:
1.
Nuklein kislotasining tipi, tuzilishi;
2.
Lipoproteid qavatining borligi;
3.
Virus genomi strategiyasi;
4.
Virionning morfologiyasi va kattaligi;
5.
Moyil bo‘lgan ho‘jayinlar;
6.
Patogenlik, hujayradagi patologik o‘zgarishlar va hujayra ichi kiritmalarini
hosil qilish;
7.
Geografik tarqalishi;
8.
Yuqish yo‘llari;
9.
Antigen tuzilishi.
Yuqoridagi ko‘rsatilgan belgilariga qarab viruslar oilaga, oilachaga,
avlodlarga va tiplarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: