Mikrobiologiya va immunologiya



Yüklə 2,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/46
tarix21.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#188224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Umumiy mikrobiologiya

Treponemalar
- nozik, egiluvchan, 12 -14 ta buramali, oxiri o‘tkirlashgan, 
parmani eslatadigan hujayralardir. Ular anilin bo‘yoqlarini yomon qabul qiladilar
u nukleoproteidlarning kam saqlashi bilan tushuntiriladi. Romanovskiy - Gimza 
bo‘yicha oqish pushti rangga bo‘yaladi. 
Leptospiralar
avlodiga leptospiroz kasalligining qo‘zg‘atuvchisi kiradi. 
Leptospiralar bir - biriga yaqin joylashgan, oxiri qalinlashgan, zich prujinani 
eslatadigan 12 - 18 ta mayda birlamchi buramalardan tashkil topgan. Letospiralar 
tanasining oxirida ikkilamchi buramalar hosil qilishi mumkin, ularning borligiga 
va soniga ko‘ra ikki ilmoqli («S» yoki «S» - simon) bir ilmoqli va ayrim paytda 
ilmoqsiz shakllari ajratiladi. Leptospiralar anilin bo‘yoqlarini yaxshi qabul qiladi. 
Romanovskiy - Gimza bo‘yicha pushti - safsar rangga bo‘yaladi. 


17 
Borreliyalar
avlodiga qaytalovchi terlama kasalligining qo‘zg‘atuvchilari 
kiradi. Borreliyalar 3-10 tagacha yirik bir xil bo‘lmali buramalar saqlaydi, anilin 
bo‘yog‘i bilan yaxshi bo‘yaladi. Romanovskiy - Gimza bo‘yicha ko‘k – 
binafsharangga bo‘yaladi. 
Mikoplazmalar
- prokariotlar podsholigiga, skotobakteriyalar bo‘limiga 
(19) mikoplazmalar guruxiga, Mollicutes sinfiga Musorlas mataceae va 
Acholeplasmataceae oilalariga mansub mikroorganizmlardir. Ikkala oila xam odam 
uchun kasallik chaqiradigan turlar saqlaydi. 
Mikoplazmalar: - odam, hayvon, o‘simlik va hashorat organizmlarida 
parazitlik qilib yashaydigan mikroblarning o‘ziga xos guruxlaridir. 
O‘zlarining kichkina kattaliklari, membranali suzgichlardan o‘tib ketishi, 
ayrim antibiotiklarga chidamligi bilan ular viruslarga yaqin turadi. Hujayrasiz,
ozuqasiz muhitlarda o‘sa olishi va tuzilishining o‘ziga xosligi bilan bakteriyalarga 
o‘xshashdir. 
Mikoplazmalar polimorf, ularni sferik shaklda, ayrim paytda dumli o‘simtasi 
bilan kattaligi 110 - 150 nm li elementar tanacha sifatida aniqlash mumkin. Xuddi 
ana shu elementar tanachalar bakteriya suzgichlardan o‘tish xususiyatiga ega. 


18 
Bundan tashqari mikoplazmalar kokksimon, ipsimon, shoxlangan
tayoqchasimon shakllarga, bir muhitda o‘stirilganda ham, ega bo‘lishi mumkin. 
Mikoplazmalar bakteriyalardan farq qilib, taranglashgan hujayra devoriga ega 
emas. Uni o‘rnini lipidlarga boy, uch qavatdan iborat, sitoplazmatik membrana - 
elastik qobiq (plazmolemma) qoplaydi.
Membrananing tashqi va ichki qavati 
elektron zich, o‘rtadagi qavati esa kamroq zichlikka ega. 

Yüklə 2,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin