Rikketsiyalar
- bakteriyasimon, grammanfiy, shakli o‘zgaruvchan
(pleomorf), har - xil turdagi bo‘g‘im oyoqlilar organizmida parazitlik qilib
yashovchi mikroorganizmlardir. Prokariotlar podsholigiga, skotobakteriyalar
bo‘limiga, (18) rikketsiyalar guruhiga, Ricketsiales tartibiga, Rickettsiaceae
oilasiga mansub bo‘lib, 3 avlodni biriktiradi.
1. Rickettsia avlodi, kasallik chaqiradigan rikketsiyalarning 8 ta turini saqlaydi.
2. Coxiella avlodi, kasallik chaqiradigan rikketsiyalarning 1 turini saqlaydi.
3. Rocha - Lima, kasallik chaqiradigan rikketsiyalarning 2 ta turini saqlaydi.
19
Rikketsiyalar, o‘zlarining evolyusion - biologik xsusiyatlariga ko‘ra,
bakteriyalar bilan viruslar orasidagi oraliq mikroorganizmlar hisoblanadi.
Rikketsiyalar morfologik xususiyatlari bilan bakteriyalarga o‘xshaydi.
P.F. Zdrodovskiy shakli
o‘zgaruvchan
rikketsiyalarning
quyidagi
shakllarini ajaratadi:
a) kokksimon (sharsimon, dumaloq), bir donachali (0,5 mkm gacha);
b) tayoqchasimon, ikki donachali (1 - 1,5 mkm);
s) batsillar; 3-4 donachali (3-4 mkm);
d) ipsimon, batsillar, ko’p donachali (10 dan 40 mkm gacha).
Grammanfiy,
hamma
anilin
bo‘yoqlari
bilan
namoyon
bo‘ladi.
Rikketsiyalarning xususiy bo‘yash usuli P.F.Zdrodovskiy usuli hisoblanadi.
Rikketsiyalarning tuzilishi bakteriyalarnikiga o‘xshab ketadi, ular hujayra
devori, sitoplazmatik membrana, sitoplazma, kiritmalari bilan, organoid va
nukleoiddan tashkil topgan.
Rikketsiyalar, ximiyaviy tuzilishi jixatidan, bakteriyalar va viruslar orasida
turadi. Ular ko‘p miqdorda (46,6%) yog‘lar va oz miqdorda (4,1%) karbonsuvlar
saqlashi bilan viruslarga yaqin turadi. O‘zlarining tarkibida DNK va RNK ni
saqlashi bilan bakteriyalarga yaqin turadi.
|