89
Organizmda kasallik chaqiradigan patogen mikroblarning ma’lum miqdoriga
infeksion doza
deyilidi. Virulentlik mikroblarning turli xususiyatlarini yig‘indisi
bo‘lib, u mikrobning invazivlik, toksigenlik, kapsula hosil qilish, adgeziya,
kolonizatsiya xususiyatlariga bog‘liq.
Adgeziya
- mikroorganizmlarni sezuvchan hujayra yuzasiga so‘rilishi,
yopishishi xossasidir. Bunga kiprikchalar, tukchalar ma’sul.
Kolonizatsiya
- patogen mikroorganizmlarni moyil organizmda ko‘payishi.
Invazivlik
- patogen mikroorganizmlarni organizmning limfoid, epiteliy, asab
va hujayra to‘qimalariga kira olish qobiliyati va infeksiyaning tarqalishi. Invazivlik
patogen mikroblar tomonidan ishlab chiqarilgan patogenlik fermentlari tomonidan
amalga oshiriladi:
-
gialuronidaza – qo‘shuvchi to‘qimalardagi gialuron kislortasini emiradi;
-
neyraminidaza
–
glikoproteidlar,
glikopeptidlar,
polisaxaridlar,
turli
to‘qimalardan neyramin kislotasini ajratadi va ularning mikroblar uchun
o‘tkazuvchanligini oshiradi;
-
fibrinolizin – odam qoni fibrinini gidrolizlaydi va qon bilan tarqalishini
ta’minlaydi;
-
letsitinaza – hujayra qobig‘i tarkibiga kiradigan letsitinni parchalaydi va shu
bilan o‘tkazuvchanligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: