Mikroiqtisodiyot fanidan oraliq nazorat savollari ro’yxati 1 kurs iqtisodiyot



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə21/27
tarix04.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#124780
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
mikro

24.Individual va bozor talabi
25.Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi Ishlab chiqarish - korxonalarining asosiy faoliyati turi bo`lib, bu jarayon cheklangan resurslardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar hajmidan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan texnologiyaning holati va darajasiga bog`liq. Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma′lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. Ishlab chiqarish omillarini yiriklashgan uch guruhga bo`lib qarash mumkin: mehnat, kapital va materiallar. Ishlab chiqarish munosabatlari birinchi navbatda mahsulot ishlab chiqarishdagi texnologik munosabatlardir. Texnologiya - bu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish to`g`risidagi amaliy bilimlardir. Ma′lumki, texnologiyaning takomillashuvi fanda va texnikadagi yangi yutuqlarning ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish orqali boradi. Yangi texnologiya yangi ishlab chiqarish usullaridan foydalanishni, yangi mashina va mexanizmlardan yanada yuqori malakaga ega bo`lgan mehnatdan 167 foydalanishni taqozo qiladi. Yangi texnologiya yangi turdagi mahsulotlarni yaratishga yordam beradi. Yangi texnologiya mahsulot sifatini oshirishga, ish sharoitlarini yaxshilashga, berilgan resurslar miqdori o`zgarmaganda ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga olib keladi. Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin. Ishlab chiqarish funksiyasi foydalaniladigan har bir ishlab chiqarish omillari sarfi majmuasidan maksimal Q miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ko`rsatadi. Agar omillar majmuasi sarfi kapital, mehnat va materiallardan iborat bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko`rinishda bo`lishi mumkin: Q  f (K,L,M) (1). bu yerda Q - berilgan texnologiyada maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori; K - kapital; L - mehnat; M - materiallar. Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita, K (kapital) va L (mehnat) omillariga bog`liq bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha yoziladi: Q  f (K,L) (2) Mahsulot ishlab chiqarish ko`proq qo`l mehnatiga asoslangan bo`lsa (masalan, nonni qo`l mehnati asosida ishlab chiqarilsa), u holda ishlab chiqarish funksiyasini faqat sarflangan mehnatga bog`liq ravishda yozish mumkin: Q  f (L) 3). 168 Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko`proq kapital ishtirok etsa, ya′ni mahsulot ishlab chiqarish yuqori kapital sig`imiga ega bo`lsa, ishlab chiqarish funksiyasini Q  F(K) ko`rinishida yozish mumkin. Ta′kidlash joizki, (1), (2) va (3) tenglamalar ishlab chiqarishning ma′lum texnologiyasida qo`llanilishi mumkin. Agar texnologiya o`zgarsa, ya′ni yangi texnologiya qo`llansa, mahsulot ishlab chiqarish hajmi resurslar hajmi o`zgarmaganda ham o`sishi mumkin.

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin