Mikroiqtisodiyot fanidan oraliq nazorat savollari ro’yxati 1 kurs iqtisodiyot


Izokvanta va izokosta tushunchalari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə22/27
tarix04.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#124780
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
mikro

26.Izokvanta va izokosta tushunchalari Izokvantalar. Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil - mehnat va kapitaldan foydalaniladigan ishlab chiqarishni qaraymiz. Faraz qilaylik, mebel ishlab chiqarish tsexida mavjud texnologiya asosida sarflanadigan kapital va mehnatning ma′lum nisbatlari kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda. Rasmda keltirilgan Q1 egri chizig`i 60 dona stul ishlab chiqarishni ta′minlaydigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi. Q2 egri chizig`i 80 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini, Q3 egri chizig`i esa 100 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi. Rasmdagi Q1, Q2 va Q3 egri chiziqlarga izokvantalar deyiladi. Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta′minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir. Demak, 10.1-rasmda uchta izokvanta tasvirlangan Q1, Q2 va Q3. Grafikning gorizontal o`qi bo`yicha mehnat Mehnat sarfi Q3=100 Q2=80 Q1=60 Kapital sarfi 5 4 F 170 sarfi, vertikal o`q bo`yicha kapital sarfi ko`rsatilgan. Izokvantalar kartasi - bu izokvantalar majmuasidan iborat bo`lib, ularning har biri ma′lum ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalariga to‘g‘ri keladigan maksimal ishlab chiqarish hajmini o`zida akslantiradi.Izokosta - bu ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi chiziq bo`lib, u umumiy qiymati bir xil bo`lgan ikkita ishlab chiqarish omillari sarflarining barcha kombinatsiyalarini ifodalovchi nuqtalarni o`z ichiga oladi, ya′ni umumiy qiymati bir xil bo`lgan mehnat va kapital sarflari kombinatsiyalarni ifodalovchi nuqtalarni o`z ichiga oladi. Agar firmaning ishlab chiqarish omillariga sarflanadigan byudjetni S deb belgilasak, ishchi kuchiga sarfini W  L va kapitalga sarfini rK desak, izokostani ifodalovchi tenglamani quyidagicha yozish mumkin: C W  L  rK (1) Demak, firmaning ishchi kuchiga sarfi bilan kapitalga sarfi yig`indisi uning umumiy xarajati C ga teng. Izokostani grafikda quyidagicha aniqlaymiz: (1) munosabatdan K  0 bo`lsa, ya′ni firma mablag`ini faqat ishchi kuchiga sarflasa, u W C L  miqdorda ishchi kuchi yollashi mumkin. W C nuqtani gorizontal o`q bo`yicha belgilaymiz. Agar firma mablag`ini faqat kapitalga sarflasa, ya′ni L  0 bo`lsa, r C K  kapitalni ijaraga olish mumkin. r C nuqtani vertikal o`q bo`yicha joylashtiramiz
.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin