Mikroiqtisodiyot fanidan oraliq nazorat savollari ro’yxati 1 kurs iqtisodiyot


Ishlab chiqarish omillari bozori Ishlab chiqarish



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə27/27
tarix04.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#124780
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
mikro

32.Ishlab chiqarish omillari bozori Ishlab chiqarish - korxonalarining asosiy faoliyati turi bo`lib, bu jarayon cheklangan resurslardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar hajmidan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan texnologiyaning holati va darajasiga bog`liq.Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma′lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. SHLAB CHIQJSH OMILLARI BOZORI – yer, mehnat, kapital kabi ishlab chiqarish omillarini sotib olish va sotishni nazarda tutadi. Yer deganda fermerlar va tadbirkorlar tomonidan ishlatiladigan faqat bevosita yerning o‘zi emas, shu bilan birga, yer ostidan qazib olinadigan yoki yer yuzasida yig’ishtirib olinadigan xomashyo, masalan, paxta tushuniladi. Mehnat barcha ishlovchilarning, shu jumladan, malakasiz ishchilar, tadbirkorlar, firmalarning boshqaruvchilari va rahbarlarining xizmatlari sifatida izohlanadi. Mehnat birjasi ushbu bozorning eng muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda turli xil ishchi kuchiga talab va uni taklif etish bevosita shakllanadi. Mehnat birjasi ishchi kuchining butun rezervini ham aks ettiradi. Ishsizlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ijtimoiy ishlarni tashkil etish bilan shug‘ullanadi. Kapital tarzidagi ishlab chiqarish omili ishlab chiqarish vositalari, binolar, inshootlar, dastgohlar, uskunalar, shuningdek, ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun talab qilinadigan pul mablag’laridan iboratdir. G’arbdagi ayrim iqtisodchilar ishlab chiqarish omillariga tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etuvchi, qanday tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish xususida qarorlar qabul qiluvchi va xavfni o’z zimmasiga oluvchi, yangi texnika, texnologiyani ishlab chiqarish, yangi tovarlarning innovatsiya usullarini joriy etuvchi tadbirkorlik talantini ham kiritadilar.


33.Raqobatlashmagan bozorlar va ularning xususiyatlari34.Sof monopoliya va bozor hokimiyati
Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko`p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki o`rnini bosadigan tovar bo`lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo`lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo`lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo`lgan bozor. Sof monopoliya va raqobatlashgan bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi Oligopoliya - bu bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan firmalar hukmronlik qiladi. Monopol raqobat bozori to`liq raqobatlashmagan bo`lib, unda qatnashadigan firmalar soni ko`p bo`lib, ularning har biri o`z tovarlari narxini ma`lum chegarada nazorat qiladi, ya`ni ular kichik bo`lsa ham monopol hokimiyatga ega. Monopsoniya - xaridor bitta bo`lib, sotuvchilar ko`p bo`lgan bozor. Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist xaridor uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo`ladi. Agar tarmoqda faqat ikkita firma faoliyat ko`rsatsa, bunday oligopolik xususiy holga duopoliya deyiladi. Agar biz bozor taklifi va talabining har xil shakldagi variantlar kombinatsiyasini qarasak, bozor tizimlari soni yanada ko`payadi.
Raqobatlashgan bozorda juda ko`p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta`sir qilaolmaydi, narxni bozorning o`zi talab va taklifga ko`ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul qiladilar va shu narxga ko`ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib olish kerakligi bo`yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning aksi bo`lib, bu yerda bitta sotuvchi va ko`plab xaridorlar qatnashadi. Sof monopolistning raqobatchisi yo`q. Sof monopoliya mahsulot o`rnini bosadigan boshqa mahsulot bo`lmagan hududlarda vujudga keladi. Umuman olganda jahon va milliy bozorlarda bitta mahsulotni bitta sotuvchi tomonidan sotilishi kamdan-kam uchraydi. Sof monopoliya ko`proq mahalliy bozorlarga xos bo`ladi. Masalan, tumandagi yagona kitob magazini, yagona telefon stantsiyasi, yagona tish doktori, yagona jarrox yoki bo`lmasa mahalliy kommunal xo`jaligi xizmati. Yuqorida keltirilgan sub`ektlar bozor sharoitida narxga ta`sir qilish uchun real hokimiyatga ega. Sof monopoliyaning vujudga kelishiga ta`sir qiluvchi yana bir omil bu - tarmoqqa kirish to`siqlarining kuchliligidir. Biror mahsulotni sotishdan tushadigan iqtisodiy foyda yuqori bo`lsa, bu raqobatlashgan bozor sharoitida boshqa firmalarni ham shu bozorga kirib kelishi uchun signal bo`lar edi. Agar monopol firma iqtisodiy foyda ola boshlasa, bu boshqa firmalarni ham ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga undaydi. Demak sof monopoliyani saqlab qolish uchun, boshqa raqobatlashmoqchi bo`lgan firmalar uchun maxsus to`siqlar bo`lishini taqazo qiladi. Tarmoqqa kirish to`siqlari - bu monopol firma bozoriga boshqa sotuvchilarni kirib kelishini to`xtatuvchi cheklanishlar. Tarmoqqa kirish to`siqlaridan quyidagilarni ko`rsatish mumkin. 1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan mahalliy hokimiyatlarda aholiga transport xizmati ko`rsatish, pochta xizmati ko`rsatish, kommunal xizmati ko`rsatish va aloqa xizmati ko`rsatish bo`yicha monopol huquqlar berib, rasmiy to`siqlar yaratadi. 2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent va mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish uchun litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq ma`lum muddatgacha kuchga ega bo`ladi. AQSH da patent qonuniga ko`ra ixtirochi o`z ixtirosiga 17 yil egalik qiladi. 3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, Amerikaning «De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. Yuqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham manopoliyani vujudga keltiradi. Ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi ham tarmoqqa kirish uchun to`siq bo`lishi mumkin. Masalan, avtomobil` zavodi ma`lum miqdorda avtomobil ishlab chiqarishga erishgandagina, uning umumiy xarajatlari minimal bo`ladi. Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega bo`ladi, qachonki u o`zining sotadigan tovari narxiga ta`sir qilaolsa, ya`ni o`zgartiraolsa. Monopol hokimiyat darajasi ushbu tovar o`rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo`lish uchun firmaning sof monopolist bo`lishi shart emas. Firma mahsulotiga bo`lgan talab chizig`i raqobatlashgan bozordagiday garizontal bo`lmasdan, pastga yotiq bo`lishi kifoyadir. Agar talab chizig`i pastga yotiq bo`lsa, firma taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib, mahsulot narxini o`zgartirishi mumkin. Monopolist mahsulotiga talab. Raqobatlashgan bozorda firma maksimal foyda oladi, agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni ta`minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa, MR  MC. Bunday mahsulot hajmi optimal bo`ladi. Monopolist ham shu optimal ishlab chiqarish shartiga amal qilishi kerak bo`ladi. Sof monopolist tovariga bo`lgan talab ham bozor talabi hisoblanadi. Monopolist o`z tovari narxini oshirsa unga talab kamayadi va aksincha, monopolist tovar narxini tushirsa unga talab ortadi. Xuddi shunday sof monopolist taklifi ham bozor taklifi hisoblanadi. Masalan tovar ishlab chiqarishning o`zgaruvchan xarajatlari oshsa, monopolist maksimal foyda olish uchun tovar hajmini qisqartiradi. Taklif hajmining qisqarishi va xaridorlar o`rtasida raqobatning mavjudligi tovar narxini oshiradi. Raqobatlashgan bozorda firmaning chekli daromadi mahsulot narxiga teng MR  P va talab chizig`i gorizontal bo`lsa, monopol bozorda monopolist mahsulotiga bo`lgan talab chizig`i pastga yotiqroq va monopolistning chekli daromadi har doim narxdan kichik bo`ladi MR  P
Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin