Mikroiqtisodiyot fanidan oraliq nazorat savollari ro’yxati 1 kurs iqtisodiyot


O’zgarmas, o’zgaruvchan va chekli xarajatlar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə24/27
tarix04.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#124780
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
mikro

29.O’zgarmas, o’zgaruvchan va chekli xarajatlar O`zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatlardir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan xarajatlar). O`zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog`liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta′mirlash, ma′muriy xarajatlar kiradi. O`zgarmas xarajatlar (TFC) chizig`i grafikda quyidagicha tasvirlanadi O`zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lgan xarajatlar, ya′ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajatlar. O`zgaruvchan xarajatlar Q ga bog`liq funksiya bo`lib, TVC(Q) ko`rinishida yozilishi mumkin. O`zgaruvchan xarajatlar (TVC) chizig`i grafikda quyidagicha tasvirlanadi. O`zgaruvchan xarajatlarga xomashyoga, elektr energiyasiga, gazga, yordamchi materiallarga bo`lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi. Umumiy xarajatlar (TC - Total Costs) - qisqa muddatli orliqda ma′lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarning yig`indisiga teng: TC  TFC TVC(Q). Bu yerda: TFC- o`zgarmas xarajatlar, TVC(Q) - o`zgaruvchan xarajatlar. Umumiy xarajatlar ba′zi hollarda TC o`rniga C bilan ham belgilanadi. Grafik ko`rinishda umumiy xarajat chizig`i o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlar chiziqlarini qo`shish bilan hosil qilinadi O`rtacha o`zgarmas xarajatlar (AFC - Average Fixed Costs) - bir birlik mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgarmas xarajat bo`lib, u quyidagicha aniqlanadi: O`rtacha o`zgaruvchan xarajatlar (AVC - Average Variable Costs) - bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotga to`g`ri keladigan o`zgaruvchan xarajatlar bo`lib, u o`zgaruvchan xarajat miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi. Chekli xarajat (MC - Marginal Cost) - ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha umumiy xarajatdir

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin