Kirish
«Mikroiqtisodiyot» fanining mazkur uslubiy ko`rsatmasi O`zbekiston
Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun va Kadrlar
tayyorlashning milliy
Dasturi hamda davlat ta`lim standartlari bo`yicha bakalavr darajasidagi malakali
iqtisodchi-mutaxassislar tayyorlash talablaridan kelib chiqib, tuzilgan.
O`quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri –
bu talabalarda mustaqil
ishlash va nazorat bilimlarini puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish
hisoblanadi. Kurs ishini bajarish jarayonida
talabalar olgan bilimlarini
mustahkamlash bilan bir qatorda, Iqtisodiyot nazariyasi fanida o`zlashtirilgan tariff
va
qonuniyatlarning
tub
mohiyatini,
Mikroiqtisodiyot
fanidagi
bazis
tushunchalarni, bozor munosabatlarining kichik bo`g`inidagi ishtirokchilar xulq-
atvorini, bozorning amal qilishi va
rivojlanishi qonuniyatlarini, raqobatlashuv
muhtining turli darajalarida ishtirokchilarning
xatti-harakatlarini, ishlab chiqatish
omillari va ulardan foydalanishning
xilma-xil stcenariylarini, ijtimoiy-iqtisodiy
farovonlik omillari va xususiyatlarini, xo`jalik sub`yektlarining milliy xo`jalikdagi
rolini hamda insonlarning mavjud ijtimoiy-iqtisodiy siyosatdagi
munosabatlari va
rollari to`grisidagi ko`plab qiziqarli nazariy va amaliy qarashlarni o`zlashtiradilar.
Ushbu uslubiy ko`rsatma «Mikroitqtisodiyot» fani bo`yicha yangi namunaviy
o`quv dasturi va o`quv rejasi asosida tuzilgan bo`lib, unda iqtisodiyot yo`nalishida
ta`lim olayotgan talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal qilinishi lozim
bo`lgan umumiy tartib-qoidalar, me`yorlar, tegishli ko`rsatma
va maslahatlar
berilgan. O`quv-uslubiy ko`rsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning
nazariy bilimlarini
amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini
shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo`ygan.
Kurs ishi sirtqi
bo`limda ta`lim olayotgan talabalar uchun 3 kurs bahorgi semestrda bajariladi.