ishning amaliy yoki tahliliy qismi (1-2 ta savol)da
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanish holati tahlil qilinib,
rivojlanishdagi muvaffaqiyatlar va kamchiliklar aniqlanadi. Bu qism
kurs ishining muhim va ahamiyatli qismi hisoblanib, talabadan
iqtisodiy
tahlil usullarini bilishga, amalga oshirilayotgan jarayonlarni
baholash qobiliyatiga ega bo`lishni talab etadi.
kurs ishining yakuniy qismi (1-2 ta savol)da talaba
o`rganilayotgan
obyektning
rivojlanish
dinamikasi,
tarkibiy
o`zgarishlarni tahlil qilishni bilishi, iqtisodiy tahlil qilish jarayonida
obyektda amalga oshirilayotgan o`zgarishlardan to`g`ri hulosalar
chiqarishi,
takliflarini bayon qilish, hamda kelajakdagi rivojlanishiga
to`g`ri baho bera olishi lozim.
kurs ishining xulosa va takliflar qismida, talaba bajarilgan
ishning natijalarini qisqacha bayon qilishi, ya`ni asosiy xolatni
tavsiflashi va shu asosda xulosa va takliflarini bayon qilishi kerak.
Xulosadan keyin glossariy, ya`ni
tayanch iboralar,
tushunchalar keltiriladi. Bu qismda mavzuga oid iqtisodiy kategoriya
va tushunchalar va ularning ta`rifi keltiriladi, sifatli bajarilgan ishning
har bir beti hisobiga kamida 1 tadan termin, kategoriya bo`ladi, demak
kurs ishida kamida 30 ta iqtisodiy termin bo`lishi kerak.
Taqdimot (slayd) lar ishning eng asosiy qismlari,
undagi
ilmiy termin va kategoriyalar sharxi, jadval, sxema, rasm,
diagrammalar asosida tayyorlanadi (eng kamida 17 sahifa)
Shunday qilib, kurs ishi tarkiban: kirish, mavzuning mohiyatini ifodalovchi 5-
6 ta savol, xulosa va takliflar, glossariy, taqdimot (slayd)lar,
foydalanilgan
adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lishi lozim. Ishda kerakli ko`rsatkichlar asosida
jadvallar, diagrammalar keltirilib, hisob-kitoblar amalga oshirilishi zarur.
Kurs ishini yozishda talaba avvallo rahbarning ko`rsatma va maslahatlariga
rioya etishi zarurdir.
Dostları ilə paylaş: