Kafedrada kurs ishini himoya qilish uchun maxsus ishchi gurux tuziladi.
Kurs ishini kafedraga topshirish muddati fan o`qituvchisi tomnidan belgilanadi.
Ishchi guruh tarkibida yetakchi mutaxassis, tajribali professor – o`qituvchilar va
kurs ishi rahbari bo`lishi lozim. Kurs ishi himoyasi ishchi guruh tomonidan
baholanadi, so`ngra himoya yakuni bo`yicha ishchi guruh qarori e`lon qilinadi.
Kurs ishini belgilangan tartibda rasmiylashtirish
tegishli jadval, diagramma,
chizma va grafiklar bilan boyitishga, hajmiga, ma`lumotlar ba`zasinining
yangiligiga qarab 40% baholanadi. Kurs ishi himoya 60% baholanadi. Kurs ishlari,
qaydnoma va taqrizlar bilan
birga kafedraga topshiriladi, so`ng arxivga saqlash
uchun institut arxiviga dalolatnoma asosida topshiriladi.
Namunali bajarilgan kurs ishlari talabalarning ilmiy ishlari ko`riklariga,
tanlovlarga tavsiya qilinishi mumkin.
Kurs ishida bayon qilingan ma`lumotlar va manbalardan talabalar tomonidan
bitiruv malakaviy ishlarni yozish jarayonida foydalanilishi mumkin.
Kurs ishini baholash mezoni
“Mikroiqtisodiyot” fani bo`yicha talabalarni yozgan kurs ishlari 5 ballik
tizimda baholanadi. Bunda quyidagi namunaviy mezonlardan foydalaniladi:
-talaba mustaqil
xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil
mushohada
yuritadi, olgan bilimini amalda qo`llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu)
bo`yicha tasavvurga ega deb topilganda -
5 (a`lo) baho;
-talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo`llay oladi, fanning
(mavzuning)
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan
(mavzu) bo`yicha tasavvurga ega deb topilganda -
4 (yaxshi) baxo;
-talaba olgan bilimini amalda qo`llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatni
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo`yicha
tasavvurga ega deb topilganda -
3 (qoniqarli) baho;
-fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo`yicha
tasavvurga ega emas deb topilganda -
2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Dostları ilə paylaş: