“
Mikroiqtisodiyot . Makroiqtisodiyot
”
fanidan Mustaqil ish
BIA-95k-2 guruh Talabasi Abdullayev Fayozjon
13-varint. Истеъмолчиларнинг қарор қабул қилишларида даромад
самараси ва алмаштириш самарасининг аҳамияти.
Daromad samarasi
– bu ne’mat narxi oʻzgarishi (almashish
samarasi hisobga
olinmaganda) natijasida real daromad oʻzgarishining iste’molchi talabiga
ta’siridir. Daromad samarasi – bu iste’molchining sotib olish imkoniyatini
oshganligini koʻrsatadi va u bir byudjet chizigʻidan boshqa byudjet chizigʻiga
iste’molchining optimal tovarlar majmuasini oʻtishini akslantiradi.
Almashtirish samarasi
– bu naflik darajasi oʻzgarmaganda, tovarlar narxi
oʻzgarishi munosabati bilan iste’mol tovarlar talabi tarkibining oʻzgarishidir.
Almashish samarasi
A
ne’mat narxini oʻzgarishi natijasida
B
ne’matni qoʻshimcha
A
ne’mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizigʻi
U
1 boʻyicha boʻladi.
Daromad – iste’mol chizigʻi.
Daromadning oʻzgarishi byudjet chizigʻini oʻziga
parallel ravishda siljishiga olib keladi,
nima uchun deganda, narxlar nisbati
oʻzgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizigʻi oʻngga-yuqoriga
siljiydi,
kamayganda pastga-chapga siljiydi. Xuddi shunday siljishlar ne’matlar narxi bir
xil oʻzgarganda ham sodir boʻladi. Narxlarning pasayishi real daromadni oshiradi,
natijada byudjet chizigʻi oʻngga-yuqoriga siljiydi. Xuddi shunday narxlarning
oʻsishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizigʻi pastga-chapga siljiydi.
Real daromadning oʻsishi natijasida byudjet chizigʻi holatlarga ketma-ket siljiydi
(n A A A A ,..., , , 3 2 1
Daromadlarning oʻzgarishiga mos ravishda iste’molchining
yangi holatdagi
muvozanat nuqtalari oʻrnatiladi: . Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi
chiziqni amerikalik olim Dj.Xiks “daromad-iste’mol” chizigʻi deb atadi va bu
chiziq ilmiy adabiyotlarda “turmush darajasi” chizigʻi deb ham ataladi. n
EEEE,...,, , 3 2 1
Agar “daromad-iste’mol” chizigʻi koordinata boshidan burchak ostidagi toʻgʻri
chiziqdan iborat boʻlsa, daromadning oʻsishi, iste’molchining iste’mol qiladigan
ne’matlari bir xil proporsiyada oʻsadi. Agar iste’molchi ne’matlarni
har xil
proporsiyada xarid qilsa, chizigʻining yotiqligi oʻzgaradi. tovarlar sotib olish
boshida tez sur’atda oʻsadi, keyinchalik tovarni sotib olish, tovarga nisbatan oshib
boradi.
Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi boʻlib daromad oʻzgarishining
iste’mol tarkibiga ta’sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan
oʻzgarishini
ifodalovchi chiziqlar,
Engel egri chiziqlari
deyiladi
Gorizontal oʻq boʻyicha iste’molchi daromadi ordinata oʻqi boʻyicha - sotib
olinadigan tovarlar miqdori belgilangan. R, Q
Iste’molchi ehtiyoji birinchi navbatda oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻyinadi (-
oziq-ovqat mahsulotlari), keyin standart sifatli sanoat
mahsulotlari bilan va
nihoyat, oliy sifatli tovarlar va xizmatlar bilan. Bulardan tashqari, oliy sifatli
tovarlar va xizmatlarga oʻtganda ham, standart sifatli
sanoat mahsulotlariga
talabning yangi sakrash qonuniyati kuzatilgan. Q1 . Q2. Q3