Bozor talabi
Bozor talabi alohida bozordagi iste’molchilarning individual talablari yigʻindisi
bilan aniqlanadi. Bozor talabi chizigʻi esa ma’lum bzordagi iste’molchilarning
individual talablari chiziqlarini qoʻshish orqali olinishi mumkin.
Faraz qilaylik, oziq-ovqat bozorida (masalani soddalashtirish uchun) uchta A, B
va V iste’molchilar harakat qiladi deylik.
quyidagi jadvalda har bir iste’molchining berilgan narxlarda oziq-ovqatga boʻlgan
talabi keltirilgan.
Oxirgi ustunda umumiy bozor talabi keltirilgan va ular iste’molchilarning
individual talablarini qoʻshish orqali aniqlangan. Masalan, oziq-ovqat narxi 1 soʻm
boʻlganda, umumiy bozor talabi quyidagicha hisoblanadi:
Ushbu iste’molchilarning talab chiziqlari va bozor talab chizigʻi
keltirilgan. Bozor talabi chizigʻi har bir iste’molchining berilgan
narxlardagi talablarini qoʻshish orqali hosil qilingan.
Bozor talabi chizigʻining har bir nuqtasi berilgan narxda uchta iste’molchi
uchun qancha oziq-ovqat birligi kerakligini koʻrsatadi. Masalan, narx 3
soʻm boʻlganda, bozor talabi 12 birlik boʻlib, u A, B va V
iste’molchilarning narxi 3 soʻm boʻlgandagi talablari yigʻindisiga teng
Iste’molchilarning individual talablari chiziqlari toʻgʻri chiziqlardan
iborat boʻlgani bilan bozor talab chizigʻi ham toʻgʻri chiziqdan iborat
boʻlishi shart emas.
narxlarda ba’zi bir iste’molchilar tovarni sotib olmasligi ham mumkin
yoki ular har xil miqdorda sotib olishi mumkin.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, iste’molchilar talablariga ta’sir qiluvchi
barcha omillar bozor talabiga ham ta’sir qiladi. Masalan, iste’molchilar
sonining oshib borishi bozor talab chizigʻini oʻngga, tepaga siljitadi yoki
boʻlmasa, iste’molchilar daromadlarini ortishi, ularning oziq-ovqatga
boʻlgan talabini oshiradi. Bu oʻz navbatida bozor talab chizigʻini oʻngga-
tepaga siljishiga olib keladi.
Umuman olganda, bozor talabini aniqlashda har xil demografik
guruhlarga qarashli iste’molchilar talablarini yigʻishga, har xil hududlarda
yashovchi iste’molchilar talablarini yigʻishga toʻgʻri keladi. Masalan,
muzqaymoqqa boʻlgan bozor talabi oʻrganilganda yosh bolalar talabi,
oʻsmirlar talabi, ayollar talabi, nafaqaxoʻrlar talabi toʻgʻrisidagi
axborotlarni olishga va ularni jamlashga toʻgʻri keladi. Xuddi shu
masalani hududlar boʻyicha aniqlash ham mumkin.
Bozor talabi chizigʻini va shu bilan birga individual talab chizigʻini
ifodalashda tovarlarning narx boʻyicha elastiklik koeffitsiyentidan
foydalanish mumkin. Biz yuqorida koʻrgan edikki, agar talab narx
boʻyicha elastik boʻlsa, narxning pasayishi iste’molchini tovardan
koʻproq sotib olishga undaydi. Natijada iste’molchining tovar sotib
olishga sarfi oʻsadi, narx oshganda iste’molchi sarfi kamayadi.
Agar talab elastik boʻlmasa, narx oshganda iste’molchi sarfi ham oshadi,
narx pasayganda kamayadi. Bordi-yu talab birlik elastiklikka ega boʻlsa,
narx oshganda ham, oshmaganda ham iste’molchining tovar sotib olishga
sarfi oʻzgarmaydi.
Dostları ilə paylaş: |