endi olishi mumkin boʻladi. Ya’ni, berilgan daromadda endi koʻproq
olma va koʻproq apelsin olish mumkin boʻladi. Ikkinchidan, byudjet
chizigʻi narx pasayishiga mos ravishda yotiqroq boʻlib boradi.
Iste’molchi endi bir birlik qoʻshimcha olma olish uchun,
oldingidan kamroq miqdordagi apelsindan voz kechadi. Masalan,
bitta
apelsin narxi 10 soʻm va bitta olma narxi 5 soʻm boʻlsa, yarimta
apelsinga bitta olma toʻgʻri keladi, olma narxi 2,5 soʻmga tushsa,
qoʻshimcha bitta olma olish uchun 1/4 qism apelsindan voz kechishi
kerak.
Olma narxining pasayishi, ma’lum miqdordagi olmani apelsin
bilan almashtirish imkoniyatini yaratadi.
Natijada optimal majmua
(olma va apelsinlarning optimal miqdori)
E
nuqtadan yuqoriroq naflik
darajasiga ega boʻlgan befarqlik egri chiziqlarida joylashgan
E
1 ,
E
2 va
E
3
nuqtalarga oʻtadi.
Agar biz optimal majmua nuqtalarini (befarqlik egri
chiziqlari
bilan byudjet chiziqlari kesishgan nuqtalarni) chiziq bilan birlashtirsak,
bu chiziq “Narx-iste’mol” chizigʻi boʻladi (a rasmdagi
V
chizigʻi).
“Narx-iste’mol” chizigʻiga koʻra, talab chizigʻini aniqlash mumkin (b)
rasm. Bu holda ordinata boʻyicha narx, abssissa oʻqi boʻyicha
X
1 ne’mat
miqdori belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: