Mikroiqtisodiyot Mavzu: Bozorov va tavakkalchilik Tayyorladi: Maxammatov Ismoil hba-82


Tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik turlarining mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlash mumkin



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə2/2
tarix19.05.2022
ölçüsü1,81 Mb.
#58662
1   2
bozor va tavakkalchilik

Tadbirkorlik subyektining faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchilik turlarining mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlash mumkin
  • tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq tavakkalchilik;
  • ishlab chiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik;
  • mahsulotlarni tashish va asrash jarayoni bilan bog‘liq tavakkalchilik;
  • tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik;
  • moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik;
  • siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hususiyatdagi tavakkalchilik.

  • Tavakkalchilikni tug‘diradigan xavflarning turlari xilma-xil bo‘lib, ularning ba’zi birlari subyektning o‘z faoliyatini natijasida yuzaga kelsa, ikkinchi turlari unga bog‘liq bo‘lmagan tashqi omillarning ta’sirida yuzaga keladi.

Tavakkalchilikka moyil bo’lgan inson, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan natijaga ko'ra tavakkalchilik bilan bog’liq natijani ustun ko'radi.
Tavakkalchilikga qarshi bo’lgan inson deganda shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bog’liq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun ko'radi
Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan natija bilan tavakkalchilik bilan bogiiq natijalami tanlashga befarq qaraydi.

Tavakkalchilikning turlari Tarkibi


Tabiiy jarayonlar bilan bog‘liq tavakkalchilik
  • favqulodda yuz beradigan tabiiy ofatlarning (yer qimirlashi, yong‘in, suv toshqini, jala, do‘l, dovul, qurg‘oqchilik va boshqa) xavfi;
  • tabiiy-iqlimiy sharoitlar, ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq xavf-xatarlar va boshqalar.

Ishlab chiqarishga oid tavakkalchilik
    • ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi yoki to‘xtab qolishi xavfi;
    • moddiy resurslar bo‘yicha ta’minotdagi uzilishlarning xavfi;
    • texnologik asbob-uskunalarning jismoniy va ma’naviy eskirishi, ishdan chiqishi va buzilish xavfi;
    • bino-inshootlarning yemirilishi, cho‘kishi va qulashi bilan bog‘liq xavflar;
    • sifatsiz xom ashyo oqibatida yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarish xavfi;
    • mehnat xavfsizligiga rioya etmaslik oqibatida xodimlarning jarohat olishi xavfi va boshqalar.

Mahsulotlarni asrash va tashishga oid tavakkalchilik
    • transport vositalarida yuklarni tashish jarayonida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar va nobudgarchiliklar;
    • mahsulotlarni asrash jarayonida yuz berishi mumkin tabiiy me’yordagi va undan yuqori bo‘lgan buzilishlar va nobudgarchiliklar xavfi;
    • tovar-moddiy qiymatliklarni o‘g‘irlash va talon-taroj qilish oqibatida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar.

Tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik
      • bozor konyukturasidagi o‘zgarishlar xavfi;
      • iste’molchilar talabining tushib ketishi xavfi;
      • bozorda taklif hajmining keskin oshib ketishi xavfi;
      • mahsulotning sotilmay qolishi xavfi;
      • raqobat ko‘rashiga bardosh berolmaslik xavfi;
      • mahsulot bahosining keskin pasayishi xavfi va boshqalar.

Moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik
      • pulning qadrsizlanishi va inflyatsiya xavfi;
      • valyuta hisob rao‘amidagi mablag‘larning salbiy farqlanishi xavfi;
      • investitsion sarflarning o‘zini o‘oplamasligi xavfi;
      • pul oo‘imlari va aylanma mablag‘larning yetishmasligi xavfi;
      • debitor va kreditor o‘arzlarning ko‘payib ketishi xavfi;
      • noto‘lovlar xavfi;
      • qimmatli qog‘ozlar qiymatining tushib ketishi xavfi;
      • o‘arzga olingan mablag‘larni qaytarolmaslik xavfi va boshqalar.

Tavakkalchilikni baholash –uning darajasini miqdoriy yoki sifat o‘lchamlari bilan aniqlashdir. Tavakkalchilikning taxminiy ehtimolini aniqlash turli yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda tadbirkorlik tavakkalchiliklarini baholashning 4 usuli keltiriladi:
    • Statistik usul;
    • Ekspert usuli;
    • Analitik usul;
    • Kombinatsiyalashtirilgan usul.



Statistik usulda subyektning va tarmoqdagi boshqa turdosh subyektlarning bir necha yillik faoliyati davomida yuz bergan tavakkalchilik hodisalari hamda ularning ta’sirida ko‘rilgan zararlarning darajasi o‘rganib chiqiladi. Ekspert usulida ish tajribasi yuqori va mazkur sohada ekspert hisoblangan yuqori malakali mutaxassislarning fikrlari, aniq hisob-kitoblari va tavsiyalari e’tiborga olinadi. Analitik usulda iqtisodiy-matematik usullar, vaziyatli ish o‘yinlari va eo‘timollar nazariyasidagi modellar yordamida tavakkalchilikning darajasiga baho beriladi. Kombinatsiyalashtirilgan usul yuqorida keltirilgan barcha usullarni yoki ulardan bir nechtasini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Tadbirkorlik tavakkalchiligini hal qilish jarayonida tadbirkor oldida mavjud usullardan birini, ya’ni talabga javob beradiganini tanlash masalasi ko‘ndalang turadi. Buning uchun tadbirkor barcha holatlarni tahlil qilib chiqishi kerak. Tadbirkorlik tavakkalchiligini baholash va hisoblarning aniqligi mutaxassislarning malakasiga va ular hal qilayotgan holatga bog‘liq.
E’tiboringiz uchun
rahmat !!!
Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin